Get Mystery Box with random crypto!

​ 'Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2023' tanloviga star | Davlat Test Markazi

​ "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2023" tanloviga start berildi

Ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, uning yakuniy natijasiga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalarining keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlanadi va ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda e'tirof etiladi.

Quyidagi kategoriyalar mavjud:

. Eng yaxshi davlat oliygohi
. Eng yaxshi nodavlat oliygoh
. Eng yaxshi akademik litsey
. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
. Eng yaxshi kollej
. Eng yaxshi texnikum

So'rovnoma 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar telegramdagi @EDUStatbot orqali tashkil etiladi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati @talimuz telegram sahifasida doimiy ko'rsatilib boriladi.

20-yanvar 23:59 holatiga ko'ra har bir kategoriya bo'yicha mutlaq g'olib muassasalar aniqlanadi va tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) taqdim etiladi.

Ishonamizki, ushbu tanlov doirasida nafaqat jamoatchilik fikri bo'yicha eng yaxshi muassasalar aniqlanadi, balki barcha muassasalarning bir maqsad yo'lida birlashib harakat qila olishiga ham xizmat qiladi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Tanlovda ishtirok etish:
@EDUStatbot
@EDUStatbot
@EDUStatbot