Get Mystery Box with random crypto!

Xasta yurak 35 qism Fina | SeVgi HiKoYaLaRi

Xasta yurak

35 qism


Final



Alisher: tur gulim iltimos. Men sensiz yasholmayman. Hayotimga nur bo'lib kirding. Iltimos meni zimistonga tashlab ketma.Men sensiz o'laman. Iltimos qizimiz uchun yashagin. Hayotga qayt farishtam. Bu murg'ak go'dakni ona mexrisiz qoldirma Ollohim. Sevinchim iltimos ko'zlaringni och.
Alisher baqirib yig'ladi. Dod soldi. Dunyolarga sig'madi. Alisherni xonada ikkita hamshira kuzatib turgandi. Garchi Alisherning gaplariga tushunishmasa ham, erkak kishi ayoli uchun shuncha ko'z yosh to'kayotganiga rahmi keldi.
Hamshiralardan biri Sevinchni yuzini yopmoqchi bo'ldi. Shu payt Sevinch chuqur nafas olgandek tuyuldi. Yoniga hamshira ham ko'rdi. Darrov bir hamshira doktorni chaqirish uchun ketdi. Xonada qolgan hamshira Alisherni kuzatib turardi. U ham yig'ladi. Alisherni ko'z yoshlariga chidolmay, u hamshira ham yig'ladi. Doktor yugurib keldi. Sevinchni tekshirib ko'rdi. Sevinchni yuragi urayotgan edi. Doktor Alisherni turg'izdi. Shohruh kelib Alisherni olib chiqdi. Alisher hech nima demay yig'lardi. Shohruhni Alisherga raxmi keldi. Alisherga qo'shilib Shohruh ham yig'ladi. Hamshira chiqib Sevinchni yuragi urayotganini aytdi.
Shohruh: bo'ldi do'stim eshitdingmi Sevinchni yuragi urayotgan ekan. Ollohim o'zingga shukr.
Alisher:rostanmi Sevinch tirikmi.
Shohruh: ha Sevinch hayotga qaytdi. Ollohim o'zingga shukr. Sevinchni qaytarib berganing uchun. Ollohim ming shukr.
Alisher: Ollohim o'zingga shukr. Gulimni erta so'ndirmaganing uchun.
Shohruh:bo'ldi yig'lamagin.
Alisher:raxmat senga do'stim.
Shohruh:qara doktor chiqdi.
Doktor Sevinch yaxshi ekanligini aytdi. Alisher bilan Shohruh ham doktorga raxmat aytishdi. Sevinch o'ziga keldi. Hammalari xursand edi. Sevinch 15kun davolanib, keyin shifoxonadan chiqdi. Hammalari O'zbekistonga qaytishdi. Sevinchni kelishini katta bayram qilishdi. Alisher qiziga Xadicha deb ism qo'ydi Sevinchni yuragi ham tuzalib ketdi. Alisher bilan Sevinch baxtli yashay boshlashdi. Hozirda Alisher bilan Sevinchni bir o'g'li ham bor. Ismi Aslbek. Shohruh bilan Feruzani bo'lsa egizak qizlari bo'ldi. Ismlarini Sabina va Sabrina qo'yishdi. Hozirda baxtli yashab kelishmoqda.





Tamom.

Mana yana bir hikoyam tugadi. Bu hikoya hayotda bo'lib o'tgan. Hikoya orqali bir insonni sevsangiz, ammo yetisha olmasangiz xafa bo'lmang. Biri ketgani bilan hayot davom etadi. Bir tomonlama sevgini oxiri bo'lmaydi. Ollohim albatta sizga o'z juftingizni yuboradi. Har doim Ollohimga ishoning. Yaxshilikka ishonib yashang demoqchiman. Hikoya haqidagi fikrlarni komentariyalarda kutaman. Bu hikoyani yig'lab yozdim. Bu gapga kimdir ishonadi,kimdir yo'q. Ammo hikoyani o'qigan inson dard borligini tushunadi. Hammangizga katta raxmat.



Muallif: Parizoda
Davomi bor......