Get Mystery Box with random crypto!

O'zga olam 15-qism 1 qavat direktor honasi.. | SeVgi HiKoYaLaRi

O'zga olam
15-qism

1 qavat direktor honasi.....
Direktor honasiga yaqinlashgach qizlar bir o'zi chaqirtirilmaganligini bilishdi. Kutish yo'lagidagi kursilarda boyagi urushgan qizlarni ikkitasi o'tirardi. Ularni sochlari to'zg'igan, yuzlaridagi bo'yoqlar bo'yalib, formalari tartibsiz edi. Ularni ko'rib kulgisi qistadi Silviyani. Labimni tishlab uzimni zo'rg'a to'htatib turardi. 5 daqiqa vaqt o'tkach, direktor xonasidan ko'zidagi bo'yoqlari oqib ketgan, yuzlari qizargancha tannoz uning ortidan Aleksey chiqdi. Nafrat to'la nigohi bilan qarab o'tib ketdi.
-Malikalar kirishingiz mumkin.
Kotibaning jarangdor ovozi eshitildi. Indamay honaga kirdiishdi. Lika Rikani ongiga kirib
"Bizning direktorimiz Emlyni avzori buzoqqa ohshaydi"
Boshini ortga tashlagancha ko'zlarini yumib o'tirardi Emly Edison. Rika kirganligini bildirish uchun tomoq qirib qo'ydi.
-Ihm..chaqirtirgan ekansiz....
-Ha Rika honim bilasizmi..
Lika:"Rasmiyatchilik shart emas maqsadga ko'chsangiz"
Deroktor: "Bu yerning o'zini qonun qoidalari bor bilsangiz" asabiy chakkasini uqalab o'rnidan turdi
- siz o'qishni boshlagan ikkinchi kuningizdan shu qoidalarni buzdingiz.
-....- qizlar jim eshitib turaverishdi. Direktor chuqur uhh tortib davom etdi.
-Sizning ustingizdan ariza tushgan bitta emas naq 4ta, 4ta qizni nima ahvolga solganingizni bilasizmi?
Rika"Ana bo'lmasa hozir jim turaversam ularning aybini ham meni bo'ynimga qo'yib qo'yadi "
Rika:"Qiziq ular o'zlari nima qilganliklarini aytishdimi? Aybga buyurmangu honim sizning universitetingizda ojiz, kuchsizlarni himoya qiladigan qonun yo'q ekan. Sizlar faqat ayibsizlarni aybdor qilishni bilasizlar"
-Tushunmadim?
Silviya:"Juda yaxshi tushunib turibsiz, qiziq??? qiz bolani urgan o'g'il bolaga jazo yo'q-u lekin o'g'il bolani urgan qizga jazo bor shundaymi."
Direktorni asabdan ko'zlari qisildi. Huddi havo yetishmayotgandek bo'yinbog'ini bo'shatdi.
-1 hafta oshxonaga navbatchilikga qo'yilasiz, bugundan boshlaysiz
Lika:"Bugundan..."
-Chiqishingiz mumkin
Direktorni bo'shsiz degandek kursiga o'tirib stol ustidagi qog'ozlarni tekshira boshladi. G'azab bilan eshikni qarsillatib yopib chiqib ketishdi qizlar.
Rika:"Bu yerga kelganimga ikkinchi kundan afsus qila boshladim."
Tashqariga chiqib sinfxonaga borishdi.
Darslar tugagach.
-Salom bolalar bugun hamma pastga ya'ni amaliyot darsi uchun Bleck qasriga boramiz, kechagi va bugungi darsni bugun qo'shib o'tamiz, hamma tayyormi?-bu ularning guruh rahbari mister Amir.
Lika:"Kib bu?"
Silviya:" Bu bizning guruh rahbarimiz"
Lara:"Aslida bu yerlik emas lekin shu yerda yashaydi ismi ham g'alatiroq mister Amir, menimcha Osiyo taraflarda shunday ism qo'yishadi, lekin hozir u men kechadan beri qiziqtirayotgan qasr haqida gapiryapti"
Rika:" ehh Lara,Lara shu qiziquvchaliging hech qolmadi,qolmadi".
Lara:"Menda qiziquvchalik haddan tashqari ko'p! Bir narsaga qizidimmi TAMOM!!! Men uni ipidan ignasigacha bilishim kerak yo'qsa uyqu ham kelmaydi bu ko'zlarga!"
Qizlar bu gapdan kulib yuborishdi.
-Hamma tayor bo'lsa markaziy zinada hamma juft-juft bo'lib 15daqiqada o'sha yerda bo'lsin, kechga qolganlar darsga kirgazilmaydi! Qani hamma chiqsin.-bu gapdan so'ng qizlar ko'zi bilan sherik qidirishni boshlashdi lekin Silviya allaqachon bir kelishgan sochlari kumushrang yigit bilan eshikdan chiqib ketmoqda edi.
Lara esa ko'zynak taqqan bo'yi uzun, jigarang sochli bilan Bleck qasriga yo'l oldi.
Rika:"Ha mayli, Lika hech qisi yo'q, meni sherigim bo'lsanmi?"
Shu payt qo'lidan tutib bir yigit Likani markaziy eshikga sudray ketdi. Rika unga hayrat, g'azab bilan qarab turgandi...
Markus Rikani ortidan kelib qoldi.
-Meni sherigim bolasizmi Rika honim?
Aqldan ozdiradigan darajada jilmaydi Markus.
-Albatta deya Rika ham markaziy eshikdan Bleck qasriga yo'l olishdi.

Likani sudrab ketgan yigitdan qo'lini olishga harakat qilmoqda.
-Heey, sen kimsan!?
-N..nima?meni tanimadingmi? Lika axir bu men!Tyador!