Get Mystery Box with random crypto!

-Uzr bezovta qilmadimmi? Kulishdan ikkisi ham to'xtab Silviyag | SeVgi HiKoYaLaRi

-Uzr bezovta qilmadimmi?
Kulishdan ikkisi ham to'xtab Silviyaga qarashdi.
Rika:" Ha...yo'q bezovta qilmading....menda gaping bormi" qo'pol ohangda gapirdi.
Silviya nozlanib gap boshladi
-Rika hozir kech tushib qoladi. Shu sabab yur qizlar yotoqxonasi qorong'u tushgandan so'ng yopiladi, ulgirish kerek aks holda bog'dagi o'rindiqlarni birida tunni o'tkazishga to'g'ri keladi.
Rika istamaygina o'rnidan turdi Markus bilan hayrlashib Silviya bilan qizlar yotoqxonasiga yo'l oldi.

Qizlar yotoqxonasiga kirib qorovul ayoldan qizlar uchun ajratilgan Akademiya formasi va 502A xonasini kalitini olib ketishdi.
Xona qora va oq rangdagi devorlar bilan bezatilgan bo'lib bu xonada 4ta qiz yashaydi. Barcha narsalar to'rttala tarafda turar edi. Bunga asosan: yotoq, kitob javonlari, garderob, oyna kiradi. Deraza va uning oldidagi vanna faqat bitta edi. Xonaga kirishligi bilan Lara va Lika tebranma kresloda kitob oqib o'tirishgan ekan. Bu ikkisiga kitob o'qish yoqardi. Bugun qizlar charchaganlari uchun yotoqga yotishilari bilan uxlab qolishdi...

Davomi bor....
Muallif:#Rustamxojayeva_D