Get Mystery Box with random crypto!

Keyin, hammasini unutib, hozir — xotiralar haqda soʻzlashish m | Xotira boʻlib qolsam kerak)

Keyin, hammasini unutib, hozir —
xotiralar haqda soʻzlashish mumkin.
Keyin biror ism axtarib najib,
uning sohibi-la yuzlashish mumkin.

Keyin isitmalab, alahlab tunda
qay bir yiqilganni mumkin eslamoq.
Keyin tomdan turna uchishin koʻrib,
qishga dovuchchalar terib, tuzlamoq.

Choy tanlamoq mumkin keyin, ichishli,
boʻyini taratib butun xonaga.
Qaysidir asarga boʻlib mahliyo
Sumkani qoldirmoq kutubxonada.

Keyin Anhor boʻylab sayrga chiqmoq,
ehtimol, bir muncha kechar hadiksiz.
Keyin yashamoqqa topib ehtiyoj
yurakni aylamoq mumkindir erksiz.

Keyin... Hammasini “keyin”ga surib
oʻzni ovutishga sabab topgayman.
Koʻnikish ham mumkin balki keyinroq,
ammo hozir sensiz qanday yashayman?!

K. A.