Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni oʻzimni yigʻishtirib, ryukzagimga joylayman. Keyin me | Xotira boʻlib qolsam kerak)

Bir kuni oʻzimni yigʻishtirib, ryukzagimga joylayman. Keyin metroga tushaman. Yoʻq-yoʻq, avtobusga. Undan elektropoyezdga oʻtirib, toqqa chiqib ketaman. Oʻsha yerlarda sekin ryukzagimni ochaman-da, oʻzimni chiqarib olib, yelkasidan mahkam quchaman va aytaman:
— Endi ozodsan, uch!
Va oʻsha yelkalaridan yengil turtaman. U uchib ketadi. Men esa, ortidan tikilib qolaman. Keyin, kech tusha boshlagach, yana ryukazgimni yelkamga ilib, kelgan yoʻlimga ravona boʻlaman...