Get Mystery Box with random crypto!

Qanday CTA samarali bo'ladi? CTA - (call to action) harakatga | Copywrite | Kopirayter blogi

Qanday CTA samarali bo'ladi?

CTA - (call to action) harakatga chaqiruv. CTA sotuv matnining majburiy elementlaridan biridir.

Qoida:
"Harakatga chaqiruv (CTA) bu zudlik bilan javob berish yoki darhol sotishni rag'batlantirish uchun qo'llaniladigan marketing atamasi. CTA ko'pincha savdo skriptlariga, reklama matnlariga yoki veb-sahifalarga kiritilishi mumkin bo'lgan so'z yoki iboralardan foydalanishni anglatadi. Bu esa auditoriyani muayyan tarzda harakat qilishga majbur qiladi"

Nega u muhim?

Savdo matnining aniq maqsadi bor - auditoriyani (bizga kerakli) harakatni bajarishga undash. Foydalanuvchi sizning matningizni oxirigacha o'qiganda, u siz unga nimani taklif qilayotganingizni tushunishi kerak.

Ammo, hamma CTA'ga amal qiladi deb umid qilmasligingiz kerak. Matn oxirida siz unga kerakli natijaga erishish uchun keyingi qadamni qanday qilish kerakligini tushuntirishingiz kerak.

CTA formulasi:

"Biror bir harakatga undash + foydalanuvchi oladigan natijaning ijobiy tavsifi."

Kuchli CTA'ga misollar:

Soat 18:00 ga qadar buyurtma bering. Yetkazib berish esa bepul!
Kanaldagi yangi postni o'qing va to'g'ri CTA tanlashni o'rganing.
2022 - yilda sotuv matnlari yozishni o'rganing va ajoyib kopirayterga aylaning

Zaif CTA:

Operatorlarimiz savollaringizga mamnuniyat bilan javob berishadi...
Ko'rsatilgan raqamlar orqali bog'lanishingiz mumkin...
Xaridni kechiktirmang!

*Va nihoyat, bizning CTA: izohlarda siz ko'rgan eng noodatiy va hayratlanarli harakatga chaqiruv (CTA) nima ekanligini yozing!

@copywriter_on