Get Mystery Box with random crypto!

Copywrite | Kopirayter blogi

Telegram kanalining logotibi copywriter_on — Copywrite | Kopirayter blogi C
Telegram kanalining logotibi copywriter_on — Copywrite | Kopirayter blogi
Kanal manzili: @copywriter_on
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 672
Kanalning ta’rifi

O'rgangan va o'rganayotgan sohalar to'g'risida qisqacha.
#SMM
#Kopirayting
#Digital_marketing
Kopirayter:
@copy_writer_1

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-06 20:16:28 #kopirayting_fakt

Samsung kompaniyasi kopirayterining maoshi

O'rtacha Samsung kompaniyasi kopirayteri yiliga taxminan 111 750 AQSh dollari oladi, unga 8 000 dollar bonus bilan 103 750 dollarlik asosiy ish haqi kiradi. Samsung kompaniyasining kopirayterlar uchun yillik to'lovi AQShdagi o'rtacha kopirayterlar maoshidan 43 153 dollarga ko'proq. Samsungda kopirayterlarning ish haqi 85 000 dan 140 000 dollargacha o'zgarishi mumkin.

Kopirayterning jinsi bo'yicha tovon puli (Barcha kopirayterlar):

Samsung
kompaniyasiga o'xshash kompaniyalardagi o'rtacha ayol kopirayter 91 888 dollar ishlab topsa, shunga o'xshash kompaniyalardagi o'rtacha erkak kopirayter 89 110 dollar maosh oladi.

Kompaniyaning 74% kopirayterlari o'z maoshlaridan mamnun!

*Yirik kompaniyalarning kopirayterlari va ular oladigan maoshlar haqidagi yangi rubrika. Qiziqmi? Unda

@copywriter_on
170 views17:16
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:34:26 Qanday CTA samarali bo'ladi?

CTA - (call to action) harakatga chaqiruv. CTA sotuv matnining majburiy elementlaridan biridir.

Qoida:
"Harakatga chaqiruv (CTA) bu zudlik bilan javob berish yoki darhol sotishni rag'batlantirish uchun qo'llaniladigan marketing atamasi. CTA ko'pincha savdo skriptlariga, reklama matnlariga yoki veb-sahifalarga kiritilishi mumkin bo'lgan so'z yoki iboralardan foydalanishni anglatadi. Bu esa auditoriyani muayyan tarzda harakat qilishga majbur qiladi"

Nega u muhim?

Savdo matnining aniq maqsadi bor - auditoriyani (bizga kerakli) harakatni bajarishga undash. Foydalanuvchi sizning matningizni oxirigacha o'qiganda, u siz unga nimani taklif qilayotganingizni tushunishi kerak.

Ammo, hamma CTA'ga amal qiladi deb umid qilmasligingiz kerak. Matn oxirida siz unga kerakli natijaga erishish uchun keyingi qadamni qanday qilish kerakligini tushuntirishingiz kerak.

CTA formulasi:

"Biror bir harakatga undash + foydalanuvchi oladigan natijaning ijobiy tavsifi."

Kuchli CTA'ga misollar:

Soat 18:00 ga qadar buyurtma bering. Yetkazib berish esa bepul!
Kanaldagi yangi postni o'qing va to'g'ri CTA tanlashni o'rganing.
2022 - yilda sotuv matnlari yozishni o'rganing va ajoyib kopirayterga aylaning

Zaif CTA:

Operatorlarimiz savollaringizga mamnuniyat bilan javob berishadi...
Ko'rsatilgan raqamlar orqali bog'lanishingiz mumkin...
Xaridni kechiktirmang!

*Va nihoyat, bizning CTA: izohlarda siz ko'rgan eng noodatiy va hayratlanarli harakatga chaqiruv (CTA) nima ekanligini yozing!

@copywriter_on
214 viewsedited  04:34
Ochish/sharhlash
2022-07-02 07:46:51 Deyl Karnegi formulasi

Psixolog Deyl Karnegi sizning auditoriyangizni ishontirishga yordam beradigan formulani ishlab chiqgan.

Dayl Karnegi formulasi quyidagilardan iborat:

1 – Har qanday ishning tavsifi - boshida shaxsiy tajribangizni baham ko'ring;

2 – Harakatlar - Keyin muammoni hal qilish yoki oldini olish uchun qilingan aniq harakatlarni tasvirlang;

3 – Foyda - va harakatning foydasini ko'rsating.

️O'quvchilar e'tiborini jalb qilish uchun matningizni shaxsiy tajribangiz bilan boshlang. O'zgarish zarurligini ko'rsatib, xronologik tartibda qilgan harakatlaringizni aytib bering. O'zgarishlarni foyda bilan bog'lash orqali matnni yakunlang (bu mijozning fikri bo'lishi mumkin).

Masalan:

🗨 "Men vitaminlarni iste'mol qilishni rejalashtirish uchun ko'plab mobil ilovalarni sinab ko'rdim, ammo hech qaysi biri menga mos kelmadi. Keyin, mening nutritionologim tavsiyasiga ko'ra, "My therapy" dasturini yuklab oldim.

"My therapy" ilovasi tufayli men o'zimni yaxshi his qilyapman, chunki vitaminlarni qabul qilmayman. Bundan tashqari, qabul haqida eslatma olish va yangiliklarini kuzatib borish mumkin."

 Keling, quyidagi formula bilan tahlil qilaylik:

Shaxsiy tajriba - Ko'plab ilovalarni sinab ko'rdi, ammo ular tartibga solinmadi.

Muammoni hal qilish uchun harakatlar - Nutritionologning maslahati bilan "My therapy" ilovasidan foydalanishni boshladi.

Foyda - Sog'lom hayot, vitaminlar haqida eslatma va ularning yangiliklari.

Ushbu formula bilan siz maqsadli auditoriyani mahsulotingiz yoki xizmatingizning foydalariga ishontira olasiz. Bu asosan "Blogger tilidan" matn/maqola yozganda qo'l keladi. Chunki bloggerning auditoriyasi faqat uning uslubiga yoki yo'nalishiga qiziqib, kanaliga a'zo bo'lishgan.

*Bitta yo'nalishdagi 400k kanaldan 20k obunachiga ega taniqli shaxsning blogida reklama berish ancha samaraliroq. Lekin narx ham shunga yarasha qimmatroq bo'ladi. Chunki auditoriya unga ishonadi!

Agar sizda biror bir savol bo'lsa?
Izohlarda yozing
‌‌

@copywriter_on
382 views04:46
Ochish/sharhlash
2022-06-30 20:41:27 Yozilgan matnlar 5 xonali raqamlarga aylangan payt keldi!

Ushbu tanlovimizda faol ishtirok etgan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz uchun ham g'olibni aniqlash juda qiyin bo'ldi. Lekin va'daga muvofiq tanlov g'olibi deb @Fardu1017 topildilar! Ular yozgan reklama postni shu yerdan ko'rishingiz mumkin.

Bu boshlanishi va bunday tanlovlar davomli bo'ladi. Bizni kuzatishda davom eting.

@copywriter_on
389 viewsedited  17:41
Ochish/sharhlash
2022-06-30 08:04:52 "Agar o'zingizni kopirayter sifatida tekshirib ko'rmoqchi bo'lsangiz, bitta topshiriq bor va eng yaxshi yozilgan reklama postiga bitta matn pulini (50000 so'm) shu oyning so'nggi kunida (30-iyun) o'tkazib beraman (chunki nafaqamni shu kuni to'lashadida).

https://t.me/copywriter_on kanali uchun reklama postini quyidagi rasmdan foydalanib tayyorlaysiz va uni mana bu ( https://t.me/+IDEEWVHQ6JgxYzMy ) guruhga yuborasiz."

Bugun ushbu tadqiqotda Doniyor tomonidan e'lon qilingan tanlovning so'nggi kuni. 22:30 da g'olib aniqlanadi. Hali ham kech emas, tanlovda ishtirok eting!

@copywriter_on
559 viewsedited  05:04
Ochish/sharhlash
2022-06-28 18:51:30
#kopiraytercha_hazil

Men kopirayterman!

Taklif: "Avtotuning" ustaxonalarining ijtimoiy tarmoqlarini yurituvchi SMM menejerlar bo'lsa aloqaga chiqsin.

Vazifam: Ularning ijtimoiy tarmoqlari uchun post yozib beraman.

Maosh: Har bir kelgan mijozlardan olingan foydadan uch foiz(3%)

*Tushunmaganlar uchun bugun tanirovka masalasida juda ajoyib qaror qabul qilindi)

@copywriter_on
493 viewsedited  15:51
Ochish/sharhlash
2022-06-28 08:54:54 Iqtibos

"Eng yirik reklama kompaniyasida ishlayotganingiz sizning eng yaxshi kopirayter ekanligingizni anglatmaydi. Va siz eng yaxshi 20 ta kopirayter bilan birga ishlasangiz ham "Eng yaxshi 20 - kopirayter" ekanligingizni anglatmaydi."

Vonheung Li, Koreyalik kopirayter

@copywriter_on
405 viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2022-06-27 19:57:44 Ilm va daromad

Ushbu post "Juda uzun yozilgan ekan" deyishingiz tabiiy. Doniyordan o'z uslubida, to'liqroq yozishini men so'ragan edim. Berilgan ma'lumotlar esa barcha uchun manfaatli bo'lishi aniq!

Postni oxirigacha o'qisangiz, u yerdagi sizni kutayotgan mukofot haqida bilib olasiz. Umid qilamiz-ki, izohlarda "O'zlari kopirayter bo'lsa, nega yozmadi?" degan gaplar bo'lmaydi! Kopiraytingni endi boshlagan kopirayterlar uchun esa yaxshi imkoniyat.

Endi sizda ham, mijozlarga "Matnlarni 50000 so'mdan boshlab yozaman" - deyishingiz uchun asos bor. Imkoniyatdan unumli foydalaning.

*Belgilangan mukofotni, hozirda kopiraytingdagi eng minimal bo'lgan summada boshlashga qaror qildik. Keyingi tanlovlarda bu narx o'sib boradi)

@copywriter_on
370 viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash
2022-06-27 19:53:52 Tadqiqot | 3-qism

Eng ko'p kopirayterlardan saboq olgan kopirayter, Jaydari kopirayter kanali admini Doniyorbek Tursunov bilan savol-javob qildik!

1. Eng birinchi "ishingizni" qanday olgansiz? Qachon? Qanchaga?

Kopirayting sohasi haqida nazariy ma'lumotlarni olishim bilanoq 1-marta post yozishga harakat qilganman va uni qabul qilishmagan. Ertasi kuni 2-marta matn yozib ko'rganman va uni Modul5 sahifasiga joylashgan.

Keyin «Bonjour Paris»,«Modul5 seminar», «Let's go tour» loyihalariga reklama matnlarini tayyorlab berganman. Matn yozishni o'rganishim mana shunday real keyslar bilan bo'lgani uchun bu ishlarni o'zim olganman va bular mening 1-ishim deb aytolmayman.

Undan so'ng, 6-oktabr kuni Zuxriddin ustoz Freelance Uzb kanaliga reklama matni yoza oladigan kopirayter kerak deb e'lon bergan edilar. Shu vakansiya bo'yicha ularning bloglariga reklama matni yozgan edim. Kutilganidek, poster ko'ngildagidek chiqmagan, lekin Zuxriddin aka 30 ming so'm tashlab berganlar. Mana shu ish "Mening birinchi ishim bo'lgan" deb ayta olaman.

2. Ustozim deb hisoblaydigan kopirayter insoningiz kim(lar)?

Hamma insonni o'zimga ustoz deb hisoblayman. Chunki hayotimizga kelgan har bir inson bizga nimadir o'rgatib ketadi. Shu sababli hamma inson meni ustozim. Agarda kopirayting bo'yicha boshqalarga nisbatan ko'proq narsani o'rgatgan insonlar bo'lsa, bular: Abduazim ustoz, Zuxriddin ustoz, Anora ustoz, Ezozxon ustoz, Nurbek ustoz, Ne'matjon ustoz.

Yana imkoniyat bo'lishi bilan boshqa ustozlardan ham o'rgangan bo'lar edim. Nega deganda bitta ustozning bitta kursidan, hech bo'lmaganda bitta narsa o'rgana olsam, demak, men vaqtimni va pulimni bekorga ketkazmadim. Shu olgan bitta darsim butun ish faoliyatim davomida menga foyda keltirishi mumkin.

3. Bitta matn yozishga qancha vaqt sarflaysiz? (Eng ko'p va eng qisqa vaqtlar).

Odatda reklama postlarini yozishga qiynalmayman, o'rtacha 5 daqiqadan 2 soatgacha vaqt ketadi. Biroq mana shunga o'xshagan postlarni yozishga juda ko'p vaqtim ketadi. Shu post boshlanganiga ham uchinchimi, to'rtinchimi kun bo'lyapti. Bu kabi matnlarga o'rtacha 2-4 soatdan 2-3 haftagacha vaqt ketadi. Aynan shu sabab juda kam post yozaman.

4. Mijoz bilan kelishuvda eng asosiy jihat(lar), nimaga ko'proq e'tibor berish kerak?

1) Hurmatingizni biling.
Kelishuvda qanday muomala qilishsa, ish davomida ham shu munosabat katta ehtimol bilan saqlanib qoladi. O'zimdan kelib chiqib aytaman, kopirayter, TikTok admin ham, Instagram mutaxassis ham, kerak bo'lsa, montaj ustasi va loyiha menejeri ham bo'la oladi.

Lekin bularning hech biri kopirayterdek ish vazifasini bajara olmaydi. Shu sababli kompaniyaning rahbari bilan kelishsangiz ham, aslo o'zingizni bir qadam past sanamang! Sizning ularga emas, ularning Sizga ishi tushyapti.

2) Hozir bilan kelishing. Kelishuv paytida aytiladi: Hali yana 2-3 ta yangi loyiha olamiz/keyinchalik postlar 20 ta emas, 70-80 ta bo'ladi/Narxni 1-2 haftadan keyin oshiramiz. Bu kabi gaplar aytilishidan maqsad, kelishuvni o'zlarining foydasiga hal qilishmoqchi bo'lishadi.

Shu sababli hozir bilan gaplashing, "Ertaga..." deb aytsa, "Uni erta bo'lganda kelishamiz" deb aytish kerak: Ayni vaqtda, hozirgi holat bo'yicha gaplashamiz. Agar shu aytilgan vaziyatdan chetlashadigan bo'lsak, kelishuvimiz o'z kuchini yo'qotadi va ishimiz yakunlanadi yoki qaytadan kelishib olamiz.

3) Talab qo'ying. Kopirayterlar ko'pincha onlayn ishlaydi. Bu degani u frilanser. Demak, xohlagan payti matn yozib berish majburiyatini olmaydi. Bir oylik yoki haftalik reja oldindan olinadi. Juda bo'lmaganda, bir kun oldin vazifa haqida to'liq va aniq ma'lumot berilishi kerak.

"Srochna" degan so'zni ishlatish mumkin emas. Undan tashqari, kelishuvdan tashqari qilingan har bir ishga pul to'lanishi kerak. Yana o'zingizning holatingizdan kelib chiqib, Sizga yoqmaydigan narsalar haqida ham aytishingiz kerak. Masalan, menga hech qaysi mijoz kutilmagan qo'ng'iroq qilishi mumkin emas.

Davomi https://telegra.ph/Savol-javobning-davomi-06-26
505 views16:53
Ochish/sharhlash
2022-06-24 17:19:02
Xush kelibsiz!

Qadrli obunachilar,
Bu kanalga qanday kirganingizni bilmayman.
Ehtimol, bu blogni biron bir kanalda o'qigandirsiz. Ehtimol, biror do'stingiz sizni taklif qilgandir. Ehtimol, siz shunchaki omad tufayli kirib qolgandirsiz.
Ammo, bu yerga qanday kelgan bo'lsangiz ham, shubhasiz, butun telegramdagi kopirayting haqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi joylardan biriga yetib keldingiz!

*MANTIQ O'zbekistonni tark etgan ekan) Biz esa uni bu yerga taklif qildik. Siz ham kimnidir taklif qiling!

@copywriter_on
525 viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash