Get Mystery Box with random crypto!

!

Telegram kanalining logotibi commentolog — ! C
Telegram kanalining logotibi commentolog — !
Kanal manzili: @commentolog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Axir kattalarga hamma narsani tushuntirib berish kerakda...

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-12-24 08:32:17Goʻzal Turkiston senga ne boʻldi?
Sahar vaqtida gullaring soʻldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Boʻlmasmi dil shod?


Aslida, kanalni kitoblarga taqrizlar yozish maqsadida ochgan edim, biroq hech qoʻl kelmadi. Bugunga nasib qilgan ekan. Sizlarga Choʻlponning sheʼrini epigraf qilib, Aʼzam Hoshimiyning "Alvido, Vatan" asari haqida biroz soʻzlamoqchiman.

Ushbu asarni oʻqiganimda ham boshqa baʼzi asarlardagi singari bir jumla meni qiynadi: "Birlasha olganimizda edi..!"

Bu 1930-yillar Turkiston oʻlkasida Sovet hukumatining olib borgan siyosatini, xalqning yashash tarzi qay darajada boʻlganligini yorituvchi tarixiy asar. Oʻqiganingizda, koʻzingizga yosh quyilmasligining iloji yoʻq. Hamma maqtaydigan ruslarning ota-bobolarimizga qilgan zulmlari...
Ular islomga shunchalik cheklovlar qoʻyganki, buning baʼzilari sizga boshqa manbalardan tanish. Boshqa iloji boʻlmagandan keyin yozuvchi oʻzga yurtni Vatan qilishga majbur boʻladi.
Mana shunday qilib Turkiston xalqi juda koʻplab ilm ahllaridan ayrilganlar (Baʼzi ketmoqchi boʻlganlar oʻqisa, foydadan holi boʻlmas edi. Chunki biz ayrilgan ilm egalarining sabablari oldida bu bolakaylarning gaplari haqiqatdan ham bolalarning yolgʻonidek kulguli eshitiladi).
"Qars" ikki qoʻldan chiqadi, deganlaridek, bunda xalqning ham aybi bor, albatta. Koʻpchilik ilmli insonlar tasavvufga berilib, avomga ilm oʻrgatadigan ulamolar kamayib ketadi. Natijada ilmsizlik avj olib, haqni nohaqdan ajrata olmay qolgan xalq orada qolib ketadi. Ruslarga qattiq ishonib qolganlar esa, oʻz millatini qilichdan oʻtkazishgacha boradi. Birlashmagan, oʻzini himoya qila olmagan millat oʻz hurligini tekinga sotadi. Bu yozilgan gaplar siz uchun yangilik emas, albatta. Bularni har kim har kuni aytadi, muammo ham shunda. Qaygʻuli qoʻshiqqa maza qilib oʻynaganlar buni ham zoʻr gap ekan, deydi va har safar esidan chiqaradi.

Bu asar mening "Har bir oʻzbek oʻqishi kerak" roʻyxatimda yuqori oʻrinlarni band qilgan. Tavsiya qilaman, oʻqing, xulosa chiqaring!

@commentolog
13 views05:32
Ochish/sharhlash
2022-12-15 22:08:31 Сендан қўрқмаганлар қўрқитса мени,
Дилдираб, қалтираб, титраб кетяпман.
Сенданки қўрқмади, билмади Сени,
Мен Сенинг олдингда не деган гапман!

Қалтироқ шукрга этсалар ташвиқ,
Тишларим тақиллаб, мишиллаяпман.
Ё улар сўзидан топмадим тавфиқ,
Ё ростдан шукрда имиллаяпман.

Сабрга чорлансам, чорасиз қолиб,
Қаноат қиляпман фатволарига.
Искандар қолдирган найларни чалиб,
Жим қараб турибман савдоларига.

Отамни танимай ибрат ол дейди,
Гапни суриштирмай, ҳикмат ол дейди.
Дунё иши билан бўлмасин ишинг,
Бўйнигга саволмас, миннат ол дейди...

Бир куни тоқатим толмаса дейман,
Жонимни асабим олмаса дейман.
Айтолмас сўзимдек ҳақдир-ку ўлим,
Тобутим шуларга қолмаса дейман...

Қарғишни билмасдим шеър ичра олдин,
Негадир қичиди тилим бир сафар.
Икки дунёсини Ўзингга солдим,
Ўзингдан қўрқмаган қўрқитса агар.

Ўткирбек Муҳаммад Собир

@commentolog
36 views19:08
Ochish/sharhlash
2022-12-11 18:31:57
#oʻzgarishlar

@commentolog
84 views15:31
Ochish/sharhlash
2022-12-08 20:25:21
Sovqotish? Odamning ichida quyoshlar charaqlar ekan-u, yana u sovqotarmishmi!..

Guntekin

@commentolog
64 views17:25
Ochish/sharhlash
2022-12-07 17:44:04
Ҳувиллаб қолмайди сенсиз бу олам,
Дўстларинг зор эмас билганингчалик.
Ўлсам не бўлгай деб сира тортма ғам,
Кетганинг хабари келганингчалик.

Ҳар инсон зотига зарурман дема,
Кимгадир тупроқсан, кимгадир олмос.
Худо сақласин-у, гоҳи-гоҳида
Ҳатто ўзингга ҳам керагинг қолмас.

Ўткирбек Муҳаммадсобир

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir
58 views14:44
Ochish/sharhlash
2022-12-05 20:58:22 Not all readers are leaders, but all leaders are readers.

Harry S. Truman
57 views17:58
Ochish/sharhlash
2022-12-04 13:57:54
...Qara, bugʻdoy gʻarq pishib yotibdi. Men don-dun yemayman, g‘alla bilan ishim yo‘q. Bug‘doyzor dalalarning men uchun hech qanday ma’nosi yoʻq. Buning qanchalar qaygʻuli ekanini bilsang edi! Sening sochlaring ajoyib, tillarang tovlanadi. Agar meni qoʻlga o‘rgatsang, shunday soz boʻladiki! Oltin tusli bug‘doyzor endi menga seni eslata boshlaydi. Va shunda men boshoqlarning shamolda chayqalishini yaxshi koʻrib qolaman...
Tulki jimib qoldi. Kichkina shahzodaga uzoq termildi, nihoyat:
- Iltimos... meni qoʻlga o‘rgatgin, - dedi.
- Jonim bilan oʻrgatardim-u,- dedi Kichkina shahzoda, lekin vaqtim ziqroqda. Men hali doʻstlar orttirishim, juda ko‘p narsalarni bilib olishim kerak.
-Faqat qo‘lga o‘rgatilgan narsalarnigina bilib olish mumkin! - dedi Tulki. - Hozir odamlarning biror narsani bilishga vaqti qolmagan. Hamma narsani tayyorligicha doʻkondan olishadi. Lekin doʻst sotadigan doʻkon yoʻqda, shuning uchun ham odamlar endi doʻst orttirmaydi. Agar doʻst orttirmoqchi boʻlsang, meni qoʻlga o‘rgataqol!

@commentolog
63 viewsedited  10:57
Ochish/sharhlash
2022-12-03 17:46:16 Hikoya

Erta bahor edi. Hordiq kuni edi. Kech turdim. Hovliga tushsam, havoning avzoyi buzuq. Yuvinib chiqib qarasam, tunuka tom peshidagi tarnov bir tomonga qiyshayib yotibdi. Qishda yog‘gan qor zalvoridan qiyshayib qolgan shekilli... Qattiqroq shamol bo‘Isa, tushib ketadigan... Yo‘lakda yotgan narvonni ko‘tarib kelib tomga tiraguncha tinkam quridi: zax tortib, zildek bo‘p ketibdi. Narvon zinasiga oyoq qo‘yishim bilan ayvondan onam tushib keldi.
-Nima qilmoqchisan? - dedi ko‘zimga termilib.
-Hozir, - dedim beparvo qo‘l siltab. - Tarnov qiyshayib qopti.
- Shoshma, bolam, avval choyingni ichib ol...
- Hozir tushaman.
Shunday dedim-u narvonga tirmashdim. Tomga chiqishim bilan pastdan onamning xavotirli xitobi eshitildi:
- Ehtiyot bo‘l, tom labiga borma!
- Uyga kirsangiz-chi! - dedim og‘rinib.
Tunuka tomni taraq-turuq bosib, qiyshaygan tarnov oldiga keldim. Uvallo urinaman, tarnov la’nati o‘nglansa qani! Zanglab ketganmi, bo‘yog‘i yopishib qolganmi... Aksiga olib, yomg‘ir shivalay boshladi. Avvaliga tomchilab turdi-da, keyin shiddat bilan yog‘ib ketdi. Tom labida o‘tirgancha, tarnovni qo‘shqo‘llab surishga urindim. Qilt etmaydi!
Pastdan yana onamning ovozi keldi:
- Menga qara, bolam!
Narvon oldiga qaytib keldim.
- Nima deysiz?
- Jon bolam, mana buni kiyib olgin...
Qarasam, onam bir qo‘li bilan narvonni changallagancha, ikkinchi qo‘lida to‘n ushlab turibdi. Yupqa ro‘moli, nimchasi ho‘l bo‘lib ketgan...
Xunobim oshdi.
- Hozir tushaman, dedim-ku! Men yosh bolamanmi?
- Shamollab qolasan!
- Obbo! Siz uyga kiravering! Hozir tushaman.
Shunday deb, tagʼin tarnov oldiga qaytdim. Jahd bilan tarnovni mushtlay boshladim. Bir mahal pastdan yana ovoz keldi:
- Ada! Adajon!
- Ha! - dedim battar xunob bo‘lib.
- Varragim yirtildi! Qarasam, yetti yashar o‘g‘lim hovli o‘rtasida turibdi. Oyog‘i ostida yirtilib, qamishlari qovurg‘adek turtib chiqqan varrak loyga qorishib yotibdi. O‘zi ko‘ylakchan. Boshyalang. Yomg‘ir ostida diydirab turibdi.
- Uyga kir, Farruh! - dedim baqirib. -Uyga kir, shamollab qolasan!
Quloq solsa qani! Goh varragiga, goh menga qaraydi. Kapalagim uchib ketdi. Tomda sirg‘alib-sirg‘alib, narvon tomon yugurdim. Uch-to‘rt pillapoya tushib qarasam, onam hamon narvon oyog‘ini changallab turibdi. Ro‘moli jiqqa ho‘l bo‘lib, sochlariga yopishib qolgan... Bir qo‘li narvon oyog‘ida. Bir qo‘lida to‘n...

Oʻtkir Hoshimov (Tarnov)

@commentolog
48 views14:46
Ochish/sharhlash
2022-11-30 08:42:08 Boshlaymizmi?
47 viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2022-11-29 20:04:36 ​​Xushnudning postini oʻqib bir manzara yodimga tushdi. Jamiyatdan uzilgan, uyga, uyda esa ichimga qamalgan paytlarim edi. Faqat namozshomlarda hech qayerga sigʻmay qolardim. Mashinani minib tumanning odam gavjum joylariga borib, soatlab oʻtirardim.

Yakshanba kuni edi. Toshkentda oʻqiydiganlar bilmaydi, oʻz viloyatida oʻqiydiganlar, xususan tumani yaqin boʻlganlar uchun shanba namozshom uyga kelish, yakshanba namozshom oʻqishga qaytish vaqti. Ayni shu mahallarda tuman markazi talabalar shaharchasiga oʻxshab qoladi.

Xayriddin Sultonning bir asarida, farang-rum fakultetidagi talabalar goʻyo Farangistondan chiqib kelganday, degan taʼrif bor. Ya'ni zoʻr kiyinishadi. Mana shu olifta kiyimlar orasida kamida shularday bejirim kiyingan qiz, uning daladagi qoʻriqchiday kiyingan otasi, velosipet, unga osilgan qizning sumkasi, katta it paydo boʻldi. Baʼzi qizlar boʻladi-ku, kiyim unga, u kiyimga yarashadigan. Shunaqa qiz edi. Qish, sovuq edi. Otasi shaharga ketadigan mashinalar oldigacha qizini velosipetda olib keldi. Haydovchilar bilan gaplasha boshladi. Qoʻchqorday keladigan it qiz atrofida oʻynoqlar, qizning qoʻllarini yalar, suykalardi. Farangistondan chiqib kelganday talabalar bularga qiziqsinib qarardi. Qizning yuzidan esa kulgu, koʻzlaridan otasiga mehr yogʻilib turardi. Bu hayotimda koʻrgan eng goʻzal manzaralardan biri.

Xalqi hukumatidan, hukumati xalqidan badtar, borgan sari inqirozga yuz tutayotgan bu jamiyatda, korrupsiyaga, adolatsizlikka, absurdga botib borayotgan, kelajagi jiddiy xavf ostida boʻlgan, bugungi kuni kechasidan rasvo vatanda meni mana shunday manzaralar hamon tutib turibdi. Allaqachon boshqa davlatga keta olardim, hamon keta olaman, lekin menga faqat yaxshi hayot emas, koʻnglimga yaqin hayot kerak. Hatto shu Toshkentda ham uzoq qolishimga koʻzim yetmaydi. Ibn Xaldun aytganiday, shahar insonlarni maydalashtiradi, tubanlashtiradi. Markazdan olislagan sari hayot ogʻirlashadi, biroq sekinlashadi. Xotirjam yashaydi kishi. Hech qayerga shoshmaydi. Qishloqda itlar, shaharda odamlar toʻrt oyoqlab yuguradi. Gaz yoʻqligi bois sovuqda oʻtin qilgan kunlarim, tok yoʻqligida batareykali radio eshitib yotgan tunlarim hozir Toshkentning issiq uyida, plazma tvda jahon chempionatini koʻrib yotganimdan koʻra yoqimliroq.

Toʻgʻri, u yoqlar ham jannat emas, odamlarning oʻziga yarasha kemtiklari bor. Biroq bu muammolar shahardagidan koʻra inson fitratiga yaqinroq. Maydalashishdan qoʻrqaman. Har qanday davlat idorasidan, ishidan uzoq yuraman. Shu kanal ham bukblog emas, koʻngil tavsifi oʻlaroq ochilgan. Hatto shu oddiy kanaldagi yoziqlar tufayli ham kimlardir qarshi fikr bildiradi, xafa boʻladi, xeyterlik qiladi, ularga eʼtibor bera boshlaganimni, javob berayotganimni yoki bermoqchi boʻlganimni sezib qolsam darhol toʻxtayman. Har qanday bahsdan, aytishuvdan oʻzimni olib qochaman. "Oʻtov" filmidagi ziyoli choʻpon, "Kechikkan hayot"dagi oliy maʼlumotli qassobda kelajagimni koʻraman.

Atrofdagi hamma intilayotgan, biz muvaffaqiyat deb hisoblaydigan narsalar aslida bari absurd, koʻpi isteʼmolchilik jamiyati nayrangi, qolgani bir vaqtlar aylantirib yuborilgan charxpalakning gʻildirashi, xolos. Men esa oʻylab topilgan hayot tarzlari orasida eng soddarogʻini maʼqul koʻraman. Bir kuni birdaniga izsiz yoʻqolib qolsam hayron qolmang.

@salimov_blogi
39 views17:04
Ochish/sharhlash