Get Mystery Box with random crypto!

#tonggi_tavsiya Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga q | 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓

#tonggi_tavsiya

Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?

Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham. Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul:

1.  Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing.

2.  Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring.

3.  Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz. 

4.  Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo. 

5.  Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz. 

6.  Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin.

7.  Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi. 

8.  Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.