Get Mystery Box with random crypto!

ChatGPT-4 itimning hayotini saqlab qoldi @peakcooper nomli Tw | ChatGPT haqida

ChatGPT-4 itimning hayotini saqlab qoldi

@peakcooper nomli Twitter foydalanuvchisi Sessi laqabli iti burga bilan yuqadigan kasallik tashxisi qo'yilgan, ammo itning ahvoli davolanish kursiga qaramay yomonlasha boshlagan.

Kuper Sessini veterinarga qaytaradi, ammo ular qo'shimcha tashxis qo'ya olmaydilar va faqat kutish kerakligini maslahat berishadi.

Sessidan ayrilishni istamagan Kuper ChatGPT4-ga itning qon analizini kiritadi va dasturdan tashxis qo'yishni so'raydi. AI chatboti veterinar emasligini, ammo itning qon tekshiruvi va alomatlari uning immun vositali gemolitik anemiya (IMHA) bilan og'rigan bo'lishi mumkinligini aytadi.

Uning so'zlariga ko'ra, Kuper bu prognozni boshqa veterinarga olib boradi, Doktor buni tasdiqlaydi va itni to'g'ri davolashni boshlaydi. Sessi o'shandan keyin butunlay tuzalib ketadi.

ChatGPT ga hayotingizni ishonardingizmi va nima uchun?

@chatGPThaqida