Get Mystery Box with random crypto!

ChatGPT haqida

Telegram kanalining logotibi chatgpthaqida — ChatGPT haqida C
Telegram kanalining logotibi chatgpthaqida — ChatGPT haqida
Kanal manzili: @chatgpthaqida
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 668
Kanalning ta’rifi

Bu yerda hammasi ChatGPT haqida
Muallif: @copirayter

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-30 21:14:06
Temir Odamning JARVISi endi Ayfonda

IOS dasturchilar Apple foydalanuvchilariga Siri-ni iPhone va iPad-larida inqilobiy AI dasturi ChatGPT bilan "almashtirish" imkonini beradigan yorliq yaratishdi. Texnika Siri’ni chatbotning to‘liq quvvati bilan samarali yangilaydi, bu unga elektron pochta xabarlarini yozish, retseptlar taklif qilish va hattoki bir necha so‘zdan iborat asosiy so‘rov bilan noldan qo‘shiq matnlarini yozish imkoniyatini beradi.

Qurilma Apple ovozi yordamida javob berishda davom etadi — lekin u chatbot algoritmlaridan foydalanadi va cheklanmaydi. Faqat ChatGPT-ning premium versiyasiga ega bo'lgan odamlar o'zlarining Siri-ni AI modeli bilan almashtirishlari mumkin.

Androidda ham sinab ko'rgan bo'lar edingizmi?

@chatGPThaqida
296 views18:14
Ochish/sharhlash
2023-03-29 18:22:18
Mutaxassislar sunʼiy intellektning tez rivojlanishidan xavotirda

AI bunday darajada tez rivojlanganini ko‘rib juda ko‘pchilik xavotirga tushgan. Shu jumladan, taniqli shaxslar va AI ga aloqador bo‘lgan har qanday (aniqroq GPT-4 dan kuchliroq bo‘lgan) AI ustida ishlashni 6 oy ga to‘xtatish haqida ochiq xat yozganlar.
Ular orasida hozirgi kunga kelib mingdan ortiq odam bor, jumladan:

- Stuart Russell (Berkeley, Professor of Computer Science)
- Elon Musk, CEO of SpaceX
- Steve Wozniak, Co-founder, Apple
- Andrew Yang Co-founder, Coursera


Sizningcha bu xavotirlarda jon bormi?

@chatGPThaqida
419 viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2023-03-28 20:32:26
Kinolar haqiqatga aylanmoqda

Endi imtihonlarda savollarga javob berish cho't emas. Stenford talabalari GPT-4 ga ulangan monokl yasashdi. Monokl ko'zoynaklarga yopishtirilgan. Savollar va sharhlar AR monokliga yuboriladi va u o'z navbatida nima deyishingizni taklif qiladi.

Bu hali test variant, yaqin 3-4 yilda oddiy ko'zoynakdan farq qilmaydigan shunday aqilli ko'zoynaklar yaratiladi.

Shunday ko'zoynaklaringiz bo'lsa, ularni bizni sharoitda ishlatib bo'ladimi?

@chatGPThaqida
686 views17:32
Ochish/sharhlash
2023-03-27 15:19:43
ChatGPT-4 itimning hayotini saqlab qoldi

@peakcooper nomli Twitter foydalanuvchisi Sessi laqabli iti burga bilan yuqadigan kasallik tashxisi qo'yilgan, ammo itning ahvoli davolanish kursiga qaramay yomonlasha boshlagan.

Kuper Sessini veterinarga qaytaradi, ammo ular qo'shimcha tashxis qo'ya olmaydilar va faqat kutish kerakligini maslahat berishadi.

Sessidan ayrilishni istamagan Kuper ChatGPT4-ga itning qon analizini kiritadi va dasturdan tashxis qo'yishni so'raydi. AI chatboti veterinar emasligini, ammo itning qon tekshiruvi va alomatlari uning immun vositali gemolitik anemiya (IMHA) bilan og'rigan bo'lishi mumkinligini aytadi.

Uning so'zlariga ko'ra, Kuper bu prognozni boshqa veterinarga olib boradi, Doktor buni tasdiqlaydi va itni to'g'ri davolashni boshlaydi. Sessi o'shandan keyin butunlay tuzalib ketadi.

ChatGPT ga hayotingizni ishonardingizmi va nima uchun?

@chatGPThaqida
645 views12:19
Ochish/sharhlash
2023-03-26 09:26:03
Telegram premiumni o'zi yetadi

ChatGPT sun'iy intellekt chatboti tez orada Telegram messenjeriga integratsiya qilinishi mumkin.

Hozirda Telegram'da ChatGPT API'dan foydalanilib yaratilgan ko'plab botlarni topish mumkin. Biroq, ularning hech qaysi biri rasmiy ChatGPT boti emas.

Internetda tarqalgan rasmiyga o'xshash video esa ChatGPT va Telegram logotiplari qo'shilayotganini ko'rsatadi va bu ehtimol ikki servisning birlashayotganiga ishora bo'lishi mumkin. Afsuski hozircha xizmatlar integratsiyalashuvi qanday ko'rinishda bo'lishi va bu qachon amalga oshirilishi noma'lum.

ChatGPT bilan Telegram'da qanday o'zgarishlar bo'ladi deb o'ylaysiz?

@chatGPThaqida
543 views06:26
Ochish/sharhlash
2023-03-25 18:51:00
ChatGPT endi qo‘lingizda!

Amazfit
brendi Zepp OS operatsion tizimining yangilangan versiyasini e’lon qildi. Endilikda siz chat-bot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri smart-soat orqali gaplasha olasiz.

Chat-bot ilova ko‘rinishida emas, balki siferblat ko‘rinishida ishlab chiqilgan. Foydalanuvchi undan ob-havo, yo‘ldagi tirbandliklar haqida so‘rashi, shuningdek, bot orqali internetdan istalgan narsa haqida ma’lumot olishi mumkin.

@chatGPThaqida
560 viewsedited  15:51
Ochish/sharhlash
2023-03-24 19:49:33
ChatGPT tan olmagan davlatlar

Ko'pgina mamlakatlarda ChatGPTdan foydalanish mumkin, ammo ba'zi mamlakatlarda ushbu AIdan foydalanib bo'lmaydi. Suratda ChatGPT mavjud bo'lmagan mamlakatlarning to'liq ro'yxati keltirilgan.

Insayderlar ma'lumotiga ko'ra ChatGPTning ba'zi mamlakatlar uchun ishlamasligiga sabab quyidagilardir:

— Internet tezligining pastligi;
– Hukumatning ChatGPTga ruxsat bermasligi.

E'tibor bergan bo'lsangiz ro'yxatda bizning yurtimiz ham mavjud.

Sizningcha bizda qaysi sabab?

@chatGPThaqida
843 viewsedited  16:49
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:22:03
Dasturchilarga ChatGPTdan foydalanish mumkin emas

Chunki Microsoftning GitHub Copilot OpenAI-ning so'nggi GPT-4 til modelidan foydalanish uchun yangilanadi va bu jarayonda bir qator yangi funksiyalarni o'zida mujassam etadi.

GitHub Copilot birinchi marta o'tgan yilning iyun oyida chiqarilganida GPT-3 ga tayangan va dasturchilarga sharhlar va kodlarni avtomatik ravishda to'ldirish orqali yordam berardi. GPT-4 ga yangilashda GitHub Copilot X dasturchilarga bir qator juda kerakli yangi xususiyatlarni, shu jumladan suhbatlashish imkoniyatini ham taqdim qiladi.

Dasturchilar ChatGPT-ga o'xshash interfeys (GitHub Copilot chat) yordamida Copilot X dan o'zlarini qiynayotgan barcha muammolarga yechim topishlari mumkin bo'ladi. Bularning barchasi oyiga 10 $ bo'lishi kutilmoqda.

P.S. Sarlavha shunchaki hazil

@chatGPThaqida
617 views04:22
Ochish/sharhlash
2023-03-22 08:38:41 GPT ga raqobatchi?!

Google GPT 4 ga raqobatchi sifatida oʻz chat botini ishga tushirdi

Bart chat boti hozircha AQSH va Britaniyada cheklangan foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatadi

Ammo Bart chatboti Jeyms Veb teleskopi haqida savolga notoʻgʻri javob bergani uchun Google aksiyalari 8 % ga tushib ketgan edi

@chatGPThaqida
656 viewsedited  05:38
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:43:02 ChatGPT ishlashni to'xtatdimi?

Butun dunyo bo'ylab foydalanuvchilar OpenAI bilan bog'liq muammolar haqida shikoyat qilmoqda

Veb-sayt kuzatuv monitori Down Detector ChatGPT va GPT-4 foydalanuvchilarining hisobotlarini qayd etdi, ular OpenAI sayti va chatbot ishlamayapti, deb shikoyat qildilar.

OpenAI veb-saytdagi sahifasida "so'nggi kunlarda haddan tashqari yuklamalar sabab chat.openai.com saytida uzilishlar yuz bergani" aytilgan. Bu muammolar yanada kuchli serverlar hal qilinishi mumkin.

@chatGPThaqida
688 viewsedited  03:43
Ochish/sharhlash