Get Mystery Box with random crypto!

Compass Business Academy

Telegram kanalining logotibi cba_group — Compass Business Academy C
Telegram kanalining logotibi cba_group — Compass Business Academy
Kanal manzili: @cba_group
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60
Kanalning ta’rifi

Assalomu Alaykum!
- 👨‍💼 Rustambek Axmedovning
telegramdagi shaxsiy sahifasiga hush kelibsiz!
Bu yerda siz:
✅ 🗞️ Foydali maslahatlar
✅ 🧠 Tadbirkorlik haqidagi tushunchalar
✅ 🗝️ Muvaffaqiyat sirlari
✅ 🔋Motivatsiyalarni
topishingiz mumkin.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-04-13 20:17:38
MUVAFFAQIYATGA ERISHMOQCHI BO'LSANGIZ 4 TA O'TA MUHIM SHAXSIY MASLAHATIMGA AMAL QILING !

1. Siz ko'p narsalarni bilasiz, ko'p narsalarni o'qiysiz, lekin juda, juda kam amalda bajarasiz! (bajarmas ekansiz natijaga erisha olmaysiz ! Eng katta kuch BAJARISHDA! )

2. Bajarish uchun esa sizda ANIQ MAQSAD bulishi kerak va shu maqsadga erishish uchun kuchli sabab bo'lishi kerak (oldingizga Maqsad Qo'ying va sababini toping, nima uchun shunga erishishingiz kerak )

3. Agar haqiqatdan ham maqsadingizga erishmoqchi bo'lsangiz!?
O'zingizga TANLASH IMKONINI BERMANG (yani bajaraman va bajarmasam ham buladi, o'rtasida tanlash imkoni bo'lsa ko'pincha bajarmaslikni tanlaymiz )

4. Bilganingizga TEZLIK bilan AMAL QILING sababi ," 72soat " qonuniga binoan yani 3 sutka ichida bajarmasangiz
Bilganingizni keyinchalik qilishingiz ehtimoli 1%ga teng buladi yani bajarmaysiz degani!

OZINGIZNI SINAB KO'RING!
Shu bilganingizga qanday va qanchalik AMAL QILASIZ!?
72 soat vaqt ketdi!
139 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, edited  17:17
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:17:29 Robert Kiyosaki.
136 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:17
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:17:20
Robert Kiosaki
Boy ota, Kambag'al ota
Kirilcha shrift(O'zbek tilida)
Kitob formati elektron PDF
131 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:17
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:17:11
Moliyaviy bestseller hisoblanmish "Boy ota, kambag'al ota" kitobini eshitmagan kitobxon bo'lmasa kerak.

Kitobda moliyaviy farovonlikni yaratish uchun zarur boʻlgan pulning ishlash qonuniyatlari tasvirlangan.

Har kim o‘z farzandiga bilganicha ta’lim-tarbiya beradi. Bu borada hammaning o‘z qarashi bor. Ammo kelajak kimning yo‘li to‘g‘riroq ekanini, albatta, ko‘rsatadi... Mazkur kitobda boy va kambag‘al toifadagi otalarning fikr-mulohazalarini, bu xususdagi tamoyillarini keltirilib o'tilgan.
61 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:17
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:17:02
Agar nimanidir o'qib chiqqan bo'lsang, undagi asosiy fikrni uqib ol. Men ham shunday qilaman: o'qigan narsamdan albatta nimanidir yozib olaman.

Rustambek Axmedov
57 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:17
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:17:01 6. Qiziqarli shaxsga aylanasiz

Sizda dunyoqarashingizni o‘zgartirish niyati bo‘lmasa ham yon-atrofdagilar sizni o‘zgarganligingizni darrov payqaydi. Siz qiziqarli va yaxshi suhbatdoshga aylanasiz. Kitob bizlarga hissiyotlarni, boshqa insonlarning dunyoqarashini o‘rgatadi.

Oqibatda biz his-tuyg‘ularni yaxshi his qiladigan va boshqalarning dardiga hamdard bo‘ladigan insonga aylanamiz. Hayotingizda zulm ko‘rmagan, qo‘pol muomalaga duch kelmagan, kambag‘allik nima ekanini bilmasligingiz yoki javobsiz muhabbat nima ekanini tasavvur ham qilmasligingiz mumkin. Bunday narsalarni his qilmasligingiz uchun kimningidir ustidan kulishingiz ham mumkin. Kitob esa shu narsalarni his qilishni, yon atrofga o‘zgacha nazar bilan qarashni va bo‘layotgan voqealarni qiziqish bilan kuzatishga o‘rgatadi.

Siz dunyoga, odamlarga o‘zgacha nazar bilan qarashni boshlaysiz.

7. Ko‘plab yangi narsalar haqida bilib olasiz

Qaysi janrdagi kitoblarni o‘qishingizdan qat’i nazar juda ko‘p narsalarni bilib olasiz. Bu tarix, psixologiya, madaniyat, ruhiyat, urush oqibatlari, insonlarning bir-biri bilan munosabatlari va hayotingizda zarur bo‘ladigan turli ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Ko‘p narsa bilishni xohlaysizmi? Falsafa, psixologiya, ommaviy-ilmiy adabiyot va biografiyalarni o‘qing. Bizning zamonamizda har qanday turga munosib kitobni topish mushkul emas. Agar siz izlagan kitobingizni topa olmasangiz, bu o‘sha mavzuda o‘zingiz yozishingiz uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

8. O‘ylaganingizdanda ahmoq bo‘lganingizni tushunib yetasiz

O‘ylab ko‘ring, kitob o‘qishni boshlashingizdan oldin o‘zingizni xamma narsaga aqlim yetadi, deb o‘ylagansiz. Kitob o‘qishni boshlaganingizdan so‘ng esa hamma narsa o‘zgardi. O‘qigan birinchi kitobingizdan so‘ng, hech narsa o‘zgarmasligi mumkin. Ammo har bir kitob, vaziyatga boshqa nuqtadan qarashga o‘rgatadi.

Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz, dunyoqarashingiz shuncha o‘zgarib boraveradi. Qarshingizda yangi eshiklar ochilaveradi. Miyangizda yangi fikrlar, g‘oyalar, ma’lumotlar paydo bo‘laveradi. Siz o‘zga insonlarning his-tuyg‘ularini xuddi o‘zingiznikidek his qila boshlaysiz.

9. Sizda ijodiy fikrlar paydo bo‘la boshlaydi

Miyangizni yangi ilmlar bilan boyita boshlaganingizdan so‘ng, ajoyib bir holat sodir bo‘la boshlaydi. Fantaziyangiz uyg‘onadi.

Ijod bu aslida insonlar hayratlangan ilhomning amaldagi ko‘rinishidir. Hayotda bunday insonlar ko‘plab topiladi. Bu insonlar she’riyatni ilm bilan, e’tiqodni tarix bilan aralashtirishdan qo‘rqishmaydi.

O‘qishni boshlaganingizdan so‘ng, ko‘chirmalarga hech qanday ehtiyojingiz qolmaydi. Siz o‘zingiz to‘plagan bilim manbalaringizdan foydalana boshlaysiz. Shunda sizda turli fantaziyalar paydo bo‘ladi. Siz esa ularni turli holatlarga solib, yangi bir g‘oyalarni o‘ylab topa boshlaysiz.

10. Tasavvuringiz yanada tiniqlashadi

Siz o‘qiyotgan kitob, bu kimningdir fantaziyasi. Uning ichida yurar ekansiz o‘z fantaziyangiz paydo bo‘ladi va kengayib boradi. Siz o‘z fantaziyangizga quloq tuta boshlaysiz. Shu yo‘l bilan miyangizdagi tasavvur olamini yanada tiniqlashtirasiz.

O‘zingizni boshqacha his eta boshlaysiz. Aslida esa, o‘zingizni dunyodagi eng normal inson ekanligingizni tushunib yetasiz. Bilimingizni turli ma’lumotlar bilan to‘ldirib boring. Kitob o‘qish ertami kechmi, baribir, ongizda turli ranglarda jilovlana boshlaydi.

Sinab ko‘rasizmi? Unda qo‘lingizga kitob oling. Bu ish, albatta, amalga oshadi.
52 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:17
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:16:54
51 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:16:53
1. Hayotingiz murakkablashib ketganida, undan chiqib ketishning qulay yo‘llarini adashmay topa olasiz

Hayotingizning og‘ir damlarida, boshingizga tashvish tushganida pulingiz va sog‘lig‘ingizni behuda narsalarga: ichkilik, kiyim-kechak, yegulik va shunga o‘xshash narsalarga sarf qilmay, biror-bir kutubxonaga borib, o‘zingizga yoqqan kitobni oling yoki shu kitobni internetdan yuklab oling. Shunda siz o‘zingiz uchun yangi bir olamni ochasiz.
Bu kundalik hayot tashvishlari va muammolaridan chalg‘ishning eng foydali va arzon usuli hisoblanadi.

2. Oilangiz borligini payqab qolasiz

So‘z ota-onangiz yoki qarindoshlaringiz haqida ketmayapti. Siz kitobga mehr qo‘yib, yangi kitobsevarlar oilasiga qo‘shilasiz.

Bu oilaga qo‘shilishingiz bilan atrofingizda doim sizni qo‘llab-quvvatlaydigan va har qanday vaziyatda yordam qo‘lini cho‘zadigan odamlar paydo bo‘ladi. Bu kitob o‘quvchilar va kitob sevuvchilar oilasidir. Sizga e’tibor berishlarini xohlasangiz bir sirli uslubni qo‘llang. Oxirgi o‘qigan kitobingiz haqda o‘z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring. Shuning o‘zi kifoya qiladi.

3. Siz cheksiz muloqot olamiga kirasiz

Inson kitob yordamida o‘tmishdagi avlodlari hayotini o‘rganishi, unda yashashi mumkin. O‘qish sizga turli xalqlar madaniyati va turli toifa odamlar hayotini so‘zlab beradi. Ma’naviy dunyoqarashingiz kengayadi.

Kitob insonlarning o‘zaro bir-birlarini tushunishga yordam beradi. Siz esa o‘zga bir insonning hayotiga kirib borasiz.

O‘ylab ko‘ring, boshqa bir insonning o‘rnida bo‘lishni istarmidingiz? Umuman ko‘rmagan joylaringizga sayohat qilishnichi? Hayotda yangi tajribalarga erishishnichi? Bu siz o‘ylaganchalik qiyin ish emas. Shunchaki kitob o‘qish kerak, xolos.

4. Chiroyli so‘zlashni o‘rganib olasiz

O‘qish insonning so‘z boyligini oshiradigan, uni to‘g‘ri talaffuz qildiradigan va yozdiradigan eng oddiy uslub hisoblanadi. Ko‘proq o‘qing. Do‘stlaringiz internet saytlarida xato bilan yozishganida, ularning bu ishidan taajjublanadigan bo‘lasiz. Ammo birovning xatosini izlaydigan, uning ustidan kuladigan g‘alamisga aylanmang.

5. Kutish zallarida yoki navbatlarda vaqtingizni mazmunli o‘tkazasiz

Hayotingizda ulkan o‘zgarish bo‘lishiga tayyor turing. Navbatda turganingizda yoki kutish zallarida u yerdan bu yerga yurib, soatingizga qarab yoki biror bir hamsuhbat izlab siqilmang, asabiylashmang. Shunchaki kitob o‘qing.

Aynan mana shunday vaziyatlarda kitobingiz doim yoningizda bo‘lsin. Uni qo‘lingizga oling va o‘qing. Shunda sizni kutish zalida o‘tkazgan vaqtingiz yoqimli va foydali bo‘ladi.
118 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:16:46
116 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:16:36
Birinchi yozadigan postimda:
Kitob o’qishning 10 ta rad etib bo’lmas foydasi

O‘zini hurmat qila biladigan har qanday aqlli inson sizga kitob o‘qish odati o‘zini o‘zi iroda qilish va o‘z maqsadlariga erishishda juda katta yordami tegadi, deb uqtiradi. Kitob o‘qishni qadrlaydigan odamlarda sodir bo‘ladigan 10 ta o‘zgarish haqida so‘zlab bermoqchimiz.
119 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:16
Ochish/sharhlash