Get Mystery Box with random crypto!

Compass Business Academy

Telegram kanalining logotibi cba_group — Compass Business Academy C
Telegram kanalining logotibi cba_group — Compass Business Academy
Kanal manzili: @cba_group
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60
Kanalning ta’rifi

Assalomu Alaykum!
- 👨‍💼 Rustambek Axmedovning
telegramdagi shaxsiy sahifasiga hush kelibsiz!
Bu yerda siz:
✅ 🗞️ Foydali maslahatlar
✅ 🧠 Tadbirkorlik haqidagi tushunchalar
✅ 🗝️ Muvaffaqiyat sirlari
✅ 🔋Motivatsiyalarni
topishingiz mumkin.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2021-05-10 06:28:48 21 yoshgacha ulgurish

Real hayotga tayyorlanish uchun yoshlar 21 yoshgacha nimalar qilishga ulgurishi kerak?

Quyidagi variantlar qabul qilinmaydi:
-"Kollej, universitetni tugatish". Bu shunchaki ko'zga ko'rinadigan bosqichlar xolos. Real hayotga tayyorgarlik bilan umuman bog'liq emas

-"Yaxshi ta'lim olish". O'ta umumiy gap. Ta'lim - nima? Yaxshi - nima? Ta'lim insonni biron nimaga tayyorlashi kerak. Ya'ni o'qiyotgan bilimlarini odam qayerda ishlatishni bilsagina u haqiqiy ta'lim olayotgan bo'ladi, qolgani esa shunchaki chalg'itish.

Men stereotiplar bilan fikrlamasdan, 21 yoshgacha quyidagi ishlarni qilishni maslahat bergan bo'lardim. Bu ishlar o'zini topishda, hayotni tushunishda, har qanday diplom va kitoblardan yaxshi yordam beradi:

1. 7ta har xil ishlar bilan tanishish. Ya'ni hunar. O'zing. Tanishlaring uchun. Shogird tushib. Pulga, tekinga - farqi yo'q. Agar o'rganishga biron nima qolsa - ko'proq, qolmasa har biri kamida 3 oy. "Nima u", "qanday qilinadi" bilish uchun.

2. Eng kamida 2ta ishda ishlab ko'rish. Har biri kamida 6 oydan. Mas'uliyat, vazifalar, boshliq, qo'l ostidagilar, jamoa, rejalar, natijalar, maqtov va dakkilar. Mana bu real hayot. Chunki ish - bu institut emas, jamoa - kursdoshlar emas, natija - baholar emas, bu yerda hammasi jiddiy.

3. Kamida 1ta biznes qilib ko'rish. Kamida 1 yil davomida. O'zingni g'oyang, do'stlar bilan, franshiza, otangni biznesini filiali - farqi yo'q. O'xshaydimi, yo'qmi - farqi yo'q.
Kelajakda biznes qilish ham shart emas. Muhimi hammasi o'zingga bog'liq ekanligini tushunish. Shuningdek, o'zing ham odamlarga bog'liqligingni tushunish.

arkadiy moreynisdan
188 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 03:28
Ochish/sharhlash
2021-04-22 13:27:00 Rework
142 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 10:27
Ochish/sharhlash
2021-04-22 13:26:53
"Rework" kitobi

Ushbu kitob nashrdan chiqqan zahotiyoq Amerikada bestsellerga aylandi. Bu bekorga emas. Chunki bu kitob biznesning muvaffaqiyatiga to'sqinlik qiluvchi biz "to'g'ri" deb bilgan qoyidalar haqida tasavvurlarimizni ostun-ustun qilib yuboradi.

Kitob mualliflari Jeyson Frayd va Devid Xenson — ikki omadli ishblilarmonlar bo'lib, ular qanday qilib o'z biznesingizni boshlash yoki mavjudini takomillashtirish, misli ko'rilmagan natijalarga olib chiqish va erkinlikka ega bo'lishdagi haqiqiy biznesmen psixologiyasi haqida yozishgan.

Bu kitob biznesga professional biznesmen nigohi bilan qarashga undaydi. Hamda bir vaqtning o'zida ham motivatsiya beradi, ham gangitib qo'yadi, ham issiq o'rningizdan qo'zg'atadi va amaliotda qo'llab natija olishingizga sabab bo'ladi.

"Rework" kitobi bugungi kunda dunyodagi top 10 kitoblaridan biri hisoblanadi.
108 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 10:26
Ochish/sharhlash
2021-04-20 12:31:14 Davomi...
3. Ayol kishilar uchun namozxonasi bor masjidlar. Namozini qazo qilishdan qo'rqadigan qizdan yomonlik chiqmaydi(Bundaylar kam hozir va noyobdir).


Nega ro'yxatda boshqa joylar (kafe, restoran, ko'cha, universitet, ijtimoiy tarmoq) yo'q?
Sen agar shu postni o'qiyotgan bo'lsang, demak senga oila qurish uchun tarbiyali va aqlli qiz kerak. Yuqorida aytilgan joylarda esa ularning konsentratsiyasi yuqoriroq.

https://t.me/joinchat/TJWoYw1zycJdnCdc
164 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 09:31
Ochish/sharhlash
2021-04-20 12:31:06
Uylanishga qizni qayerdan qidiray ?

Men ayni damda uchta joyni bilaman va tavsiya qilaman.

1. O'quv markazlari: Universitet va kollejlardan farqi o'quv markazlarida o'qish majburiy emas, yaxshi o'qish ayniqsa. Ingliz , ona-tili, tarix, matematika fanidan o'quv markazlariga borib qiz qidirasan. Soat 14.00 eng zo'r va odam ko'p keladigan payt. Как раз o'qituvchisidan qanday o'qishini surishtirib olsang ham bo'ladi

2. Kutubxona, Soat 2 dan keyingi paytlarda ilmga chanqoq yigit va qizlar bilan gavjum bo'ladi. U yerda qiz bolani kitob o'qishga nima majbur qiladi? To'g'ri internet yoki smartfon yo'qligi. Uzoq vaqt davomida kuzatish uchun ham zo'r joy.
151 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 09:31
Ochish/sharhlash
2021-04-20 12:30:50 Bir tanishi do'stimiz bir yildan buyon uylanish uchun qiz qidirar ekan. Do'stimiz yaqinda bizdan so'rab qoldi
" - Bugungi kunda yaxshi qiz topish qiyin bo'lib qoldi.
Qayerdan topsan bo'ladi tarbiyali va aqlli qizni ? "
Degan savol berdi bizga.
Shu do'stimizni savoliga javob tariqasida shu postni yozdim
140 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, edited  09:30
Ochish/sharhlash
2021-04-18 20:14:41
​​Tadbirkor qanday bilimlarni egallashi kerak?

O'z sohasidagi tajriba, marketing, xodimlarni boshqarish bu hammasi ikkilamchi, ya'ni biznes boshlab bo'lgach kerak bo'lgan bilimlar.

Lekin ba'zi fundamental bilimlar borki ularni o'rganmasdan biznesda yuqori natijalarga erishish mushkul.

Bular mikroiqtisodiyot va o'yinlar nazariyasi. Ya'ni sen talab va taklif, ishchi kuchi, kapital, shunga o'xshash nazariy bilimlarni egallaganingdan so'ng tadbirkorlik qilsang, qilayotgan ishlaring ongli ravishda bo'ladi.


Bularni o'rganmay turib ham tadbirkorlik qilsa bo'ladimi? Ha albatt bo'ladi, o'zi shundoq ham 90% tadbirkorlar shunday. Atrofga qaraydi, yonidagi insonlar nima biznes qilayotgan bo'lsa shuni qiladi. Sen bunday qilishdan aqlliroqsan-ku to'g'rimi?

https://t.me/joinchat/TJWoYw1zycJdnCdc
139 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, edited  17:14
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:30:55
Hayotni yaxshilovchi
4 ta oddiy QOIDA !

1. Erta uyg'on!

2. Kechagidan ko'proq ishla!

3. Mashqsiz hattoki uch kungacha ham yurma!

4. Har kuni o'qib o'rganish uchun vaqt ajrat!

Bu odatlarni shakllantirsangiz hayotingiz tezda o'zgaradi chunki muvaffaqiyatni odatlar belgilaydi!
176 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:30
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:30:15 Alfredo Paretto Italiyalik iqtisodchining isbotlashicha dunyodagi 20% odamlar qo'lida dunyodagi pullarning 80% ekan .
Qolgan 80% odamlarning qo'lida esa atigi 20% pul ekan!

Bu 20/80 qonuni boshqa barcha yo'nalishlarda kuzatish mumkin!
Masalan bugun qiladigan 10 ta ishingiz bor buni 100 % deb olsak shu 10 ta ishdan 2 tasi borki agar bajarsangiz 80% natija beradi.
Qolgan 8 ta ish esa 20% natija beradi.
10 ta kliyentingiz bor shulardan 2 tasi siga 80%daromadingizni taminlaydi.
Qolgan 8 tasi esa 20% daromadingizni taʼminlaydi
Yana misol : Kasblar ichida 20% kasb borki kam ishlab ko'p pul topadi.
va 80% kasblar borki ko'p ishlab kam pul topadi!
Farrosh va programmist bunga misol.
Farrosh ertayu-kech 10 talab korxonalarni tozalab chiqishi bilan 200 $ ishlab tinim bilmaydi
Programmist esa 1ta proyektiga 1000$ topadi.
Ikkalasi uchun xam sutkada 24 soat mavjud lekin natijalar boshqa - boshqa.
Kam harakatda kup natija topaman deganlarga VAZIFA!
Xar bir ishni bajarishni tanlayotganda beradigan natijasini Paretto qonuniga solishtirib ko'ring!

Paretto qonunining qaysi qanoti tarafida siz? 20/80

Aytgancha 72 soat qonuni esingizdami? Yuq bulsa tepparoqni o'qing!

Ushbu satrlarni o'qiydiganlarning 80% hayotida ushbu qonunini baribir qullamaydi Bu Paretto qonuni edi!

Ushbu maʼlumot sizga yoqgan bulsagina do'stlaringiz bilan ulashing
161 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, edited  17:30
Ochish/sharhlash
2021-04-13 20:17:46
PARETTO QONUNINI 80% ODAMLAR BILISHMAYDI?

Sizchi bilasizmi?

Bu qonunni bilish va hayotda qo'llash sizga nima beradi?

Kam harakat Ko'p natija
Kam ish Ko'p pul


Qiziqdingizmi?

Unda kanalimizni kuzatib boring!
150 viewsAXMEDOV RUSTAMBEK, 17:17
Ochish/sharhlash