Get Mystery Box with random crypto!

#Конституция_ўзимизники #Nukus Bugun Nukus shahridagi Ibroyi | Buxoro yangiliklari

#Конституция_ўзимизники
#Nukus

Bugun Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki! Konstitusiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir xalqimiz turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida katta o‘zgarishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qiluvchi yangilanayotgan Bosh Qomusimizning mazmun-mohiyati, undagi ta’lim jarayonlari hamda sohaga doir boshqa muhim o‘zgartirishlar tahliliga bag‘ishlandi.

Unda hududdagi 700 nafar maktab direktori va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Targ‘ibot uchrashuvida hududda faoliyat yuritib kelayotgan taniqli san’atkorlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy chiqishlar tashkil qilindi.

Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyiha matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan.