Get Mystery Box with random crypto!

Bu ARSENAL ❤️‍🔥

Telegram kanalining logotibi buarsenal — Bu ARSENAL ❤️‍🔥 B
Telegram kanalining logotibi buarsenal — Bu ARSENAL ❤️‍🔥
Kanal manzili: @buarsenal
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 106

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2022-12-22 20:10:27
Ansu Fati: "Barselona"ga o'tishdan oldin men "Real"ga o'tishga harakat qilgandim, o'sha paytda ularda yosh futbolchilar uchun joy yo'q edi, shuning uchun men La Masia eng yaxshi variant deb qaror qildim."‌‌
18.6K views17:10
Ochish/sharhlash
2022-12-17 17:51:38
Intrigaga boy final

Qatar mundiali finali nafaqat, Argentina va Fransiya o‘rtasidagi bahs bo‘ladi, balki bu qarama-qarshilik Italiyaning “Yuventus” va Germaniyaning “Bavariya” klublari uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Sababi ikki klub vakillari jahon chempionligini eng qo‘lga kiritgan jamoalar reytingida yetakchilik qilmoqda. Agar finalda Argentina g‘alaba qozonsa, “Yuve” di Mariya va Paredesning hisobida peshqadamlikni mustahkamlaydi. Fransiya chempionlikni himoya qila olgan taqdirda, “Bavariya” Upamekano, Lyuka Ernandes, Pavar va Koman evaziga oldinga o‘tib oladi.

Quyida o‘nlik bilan tanishing:

“Yuventus” (25 futbolchi)
“Bavariya” (23)
“Inter” (19)
“Roma” (15)
“Penyarol” (14)
“Nasional” (13)
“Santos” (11)
“Real” (11)
“Milan” (10)
“Barselona” (9)
20.1K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-12-17 17:51:38
Argentinaning haqiqiy qahramoni

Xulian Alvares JCH—2022 ning chinakam kashfiyotiga aylandi. U maydonda bo‘lgan vaqtda Argentina terma jamoasi raqiblariga imkon qoldirmayapti.

Argentina Alvaressiz:
1 ta gol urdi
5 ta gol o‘tkazib yubordi

Argentina Alvares maydonda bo‘lganda:
11 ta gol urdi
5 tasida Xulian qatnashdi
Birorta gol o‘tkazib yubormadi

• Saudiyaga qarshi o‘yinda qatnashmadi va jamoasi yutqazdi;

• Avstraliya bilan o‘yinda 71-daqiqada maydonni tark etdi, 77-daqiqada raqib gol urdi;

• Niderlandiya bilan bahsda 82-daqiqada maydonni tark etdi, undan keyin jamoa 2 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Shu tariqa turnirni zaxirada boshlagan Alvares almashtirib bo‘lmas o‘yinchiga aylandi.
20.0K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-12-17 17:51:37
JCH—2022 da bugun dastlabki medalchi aniqlanadi

Musobaqa kashfiyotiga aylangan Marokash Afrika va arab mamlakatlari ichida ilk medalchiga aylanishga harakat qiladi. Xorvatlar esa ketma-ket ikkinchi mundialda sovrindorlar qatoridan joy olish uchun kurash olib boradi. Xullas, intriga borasida finaldan qolishmaydigan o‘yin kutib turibdi.

Xorvatiya—Marokash|20:00
19.9K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-12-17 17:51:37 ​​Xayr, Sinisha

Haqiqiy futbol fidoyisi, mohir futbolchi va o‘ziga xos murabbiy Sinisha Mixaylovich saraton tufayli vafot etdi. Bu og‘ir xastalikka qarshi jangning birinchi bosqichida serbning qo‘li baland kelgandi, biroq takroriy zarbaga dosh bera olmadi.

Quyida qisqacha uning ko‘pchilik bilmagan xislati haqida gaplashamiz. Xabaringiz bormi, yo‘qmi, Sinisha Totti, Romanyoli va Donnarummaning porlashida o‘zining katta hissasini qo‘shgan.

• 1993-yili Sinisha “Roma”da o‘ynardi va klub akademiyasiga ko‘p borib turardi. Futbolchi Frencheskoning yorqin o‘yiniga e’tibor qaratadi va o‘sha vaqtdagi rimliklar murabbiy Boshkovdan Tottini asosiyga jalb qilishni so‘raydi. Mavsumning so‘nggi o‘yinlaridan birida hisob ham “Roma” foydasiga ketayotgan vaqtda murabbiydan Tottini tushurishni so‘raydi. Shundan keyingi 25 yilda Totti “Roma” ramziga aylanadi.

• 2015-yilda “Milan” boshqaruviga kelgan Mixaylovich “Roma”dan 25 mln yevro evaziga Romanyolini sotib olishni so‘raydi. Berluskoni bunga shubha bilan qaraydi. Sinisha prezidentga shart qo‘yadi: “Uni sotib olamiz, ikki yildan keyin sotamiz. Agar o‘z pulini oqlamasa men kompensatsiya to‘layman, yuqori narxga ketsa, pulni bo‘lishamiz”. Berluskoni Allesioni sotib oladi, biroq garovga rozi bo‘lmaydi. Bir yil o‘tib “Chelsi” futbolchi uchun 40 mln yevro taklif qiladi, ammo Romanyoli klubda qolishni ma’qul ko‘radi.

• O‘sha mavsum mutaxassis tajribali Diyego Lopes o‘rniga akademiyaning yosh posboni Donnarummani qo‘ymoqchi bo‘ladi. Berluskoni bu g‘oyaga ham qarshi chiqadi. Serb yana shart qo‘yadi: “Men ketaman, Lopes o‘ynashda davom etadi. Qolaman va Jiji o‘ynaydi”. 16 yoshida debyut qilgan Jijining keyingi tarixidan yaxshi xabardorsiz.
20.1K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-12-14 19:54:13
“Raqamimni aynan Ronaldu uchun berdim”. Jaloliddin Masharipov Krishtianuni “An-Nasr”da kutishayotganini tasdiqladi.
20.0K views16:54
Ochish/sharhlash
2022-12-14 19:54:13
JCH-22ning ayni damdagi to’purarlar ro’yxati
19.9K views16:54
Ochish/sharhlash
2022-12-14 19:54:12
Messi bir JCHning 5 o'yinida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
19.9K views16:54
Ochish/sharhlash
2022-12-14 19:54:12
Argentina so'nggi 42 o'yinda 1 bor mag'lubiyatga uchragan
19.8K views16:54
Ochish/sharhlash
2022-12-14 19:54:12
Dominik Livakovich JahonChempionati2022 da:

Eng ko'p seyv - 24
Bir o'yinda eng ko'p seyv - 11 (Braziliyaga qarshi bahsda)
19.8K views16:54
Ochish/sharhlash