Get Mystery Box with random crypto!

Intrigaga boy final Qatar mundiali finali nafaqat, Argentina | Bu ARSENAL ❤️‍🔥

Intrigaga boy final

Qatar mundiali finali nafaqat, Argentina va Fransiya o‘rtasidagi bahs bo‘ladi, balki bu qarama-qarshilik Italiyaning “Yuventus” va Germaniyaning “Bavariya” klublari uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Sababi ikki klub vakillari jahon chempionligini eng qo‘lga kiritgan jamoalar reytingida yetakchilik qilmoqda. Agar finalda Argentina g‘alaba qozonsa, “Yuve” di Mariya va Paredesning hisobida peshqadamlikni mustahkamlaydi. Fransiya chempionlikni himoya qila olgan taqdirda, “Bavariya” Upamekano, Lyuka Ernandes, Pavar va Koman evaziga oldinga o‘tib oladi.

Quyida o‘nlik bilan tanishing:

“Yuventus” (25 futbolchi)
“Bavariya” (23)
“Inter” (19)
“Roma” (15)
“Penyarol” (14)
“Nasional” (13)
“Santos” (11)
“Real” (11)
“Milan” (10)
“Barselona” (9)