Get Mystery Box with random crypto!

​​​​#haqida Hayotda balansni ushlash haqida Menga doimo hay | Bored Panda

​​​​#haqida

Hayotda balansni ushlash haqida

Menga doimo hayotida ish va shaxsiy o'rtasidagi oltin balansni to'g'ri ushlay oladigan insonlar yoqib kelgan. Bunday odamlarning har bir ishi va buning uchun tanlagan vaqti o'zaro juda mos tushadi. Misol uchun, shunday kishini ish kunlari ofisda ko'rgan bo'lsangiz, dam olish kunlari esa uni oilasi yoki yaqinlari bilan uyida, yo bo'lmasa, biror-bir ko'ngilochar joyda uchratib qolasiz.

Ayniqsa, har qanday ijodkor inson uchun mana shunday balans juda muhim hisoblanadi. Men shaxsan mana shunday yo'l tutadigan kishilarni taniyman va doim ularga havas qilib kelganman. Chunki bunday insonlar hayotda ko'p narsalarga erisha oladilar.

Rasmda: Kummakivi - Finlyandiyaning janubi-sharqida joylashgan va tabiat mo'jizalardan biri bo'lgan ulkan muvozanat toshi.

@boredpandablog