Get Mystery Box with random crypto!

Bored Panda

Telegram kanalining logotibi boredpandablog — Bored Panda B
Telegram kanalining logotibi boredpandablog — Bored Panda
Kanal manzili: @boredpandablog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.03K
Kanalning ta’rifi

Kino, san'at, musiqa va hayot haqida so'zlashamiz.
Muallif fikri sizniki bilan mos kelmasligi mumkin.
Taklif va murojaat uchun👉 @pandapochtabot
Musiqa - @pandas_playlist
Kitob blogim - @panda_books

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2021-02-02 08:30:09 #youtube_tavsiya

Tikuvchini yaxshi ko`raman...





@boredpandablog
94 views05:30
Ochish/sharhlash
2021-02-02 04:43:04
Bugun ajoyib komediya "Sug'ur kuni" dagi voqealarga roppa-rosa 28 yil to'ldi.

Hech qachon modadan qolmaydigan film!

@boredpandablog
150 views01:43
Ochish/sharhlash
2021-02-01 20:28:15 Хорижий журналист Агнешка Пикуличканинг шикояти бизда жуда жиддий хавотир уйғотди ва албатта, бу холатга аниқлик киритган холда уни синчковлик билан ўрганиш керак деб ҳисоблаймиз. Биз Агнешка билан эртагаёқ кўришган холда вазиятни муҳокама қилишга тайёрмиз.
____

Жалоба зарубежного корреспондента Агнешки Пикулички вызывает у нас очень серьёзную обеспокоенность и, безусловно, требует внесения ясности и самого тщательного изучения. Мы готовы завтра же встретиться с Агнешкой и обсудить ситуацию.
175 views17:28
Ochish/sharhlash
2021-02-01 19:33:29 MID'dagi Rustamdan boshqa hammaga xayrli kech!

@boredpandablog
210 views16:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:34:54
Eng qimmat jarima - ruxsatsiz tonirovka taqish ekan!

Ijtimoiy xavfliligi yuqori bo'lgan mast holda haydash ham uning oldida hech narsa emas bo'lib qolibdi.

Tushungan tushundi

@boredpandablog
254 views13:34
Ochish/sharhlash
2021-02-01 12:50:38 @pandas_playlist
221 views09:50
Ochish/sharhlash
2021-01-31 13:51:15 ​​​​#haqida

Hayotda balansni ushlash haqida

Menga doimo hayotida ish va shaxsiy o'rtasidagi oltin balansni to'g'ri ushlay oladigan insonlar yoqib kelgan. Bunday odamlarning har bir ishi va buning uchun tanlagan vaqti o'zaro juda mos tushadi. Misol uchun, shunday kishini ish kunlari ofisda ko'rgan bo'lsangiz, dam olish kunlari esa uni oilasi yoki yaqinlari bilan uyida, yo bo'lmasa, biror-bir ko'ngilochar joyda uchratib qolasiz.

Ayniqsa, har qanday ijodkor inson uchun mana shunday balans juda muhim hisoblanadi. Men shaxsan mana shunday yo'l tutadigan kishilarni taniyman va doim ularga havas qilib kelganman. Chunki bunday insonlar hayotda ko'p narsalarga erisha oladilar.

Rasmda: Kummakivi - Finlyandiyaning janubi-sharqida joylashgan va tabiat mo'jizalardan biri bo'lgan ulkan muvozanat toshi.

@boredpandablog
256 viewsedited  10:51
Ochish/sharhlash
2021-01-30 21:23:40
Videodagi ajoyib qizaloq otasi bilan restoranda ovqatlanib o'tirayotib ko'chadagi uysiz odamni ko'rib qoladi va u bilan o'z taomini bo'lishishga qaror qiladi.

Bu voqeani videoga olgan otaga shunday qiz o'stirgani uchun katta rahmat deb qolaman, zero har bir muhtoj insonga qo'ldan kelgancha yordam qilmoq eng savobli ishlardan biridir

@boredpandablog
331 views18:23
Ochish/sharhlash
2021-01-30 19:14:40
Haqiqatni xar kim turlicha ko'radi.

Siz qaysi toifadansiz?

@boredpandablog
262 views16:14
Ochish/sharhlash
2021-01-30 11:19:59 O'z sayyorangni o'zing supur!
(Daryo maqolasini o'qigandan keyingi fikrlarim)

"Қўчқоровнинг ўринбосари Шоҳрух Шоаҳмедов Сирдарё вилояти мисолида келтирган ҳолат эса барчанинг кулгисига сабаб бўлди. Маълум бўлишича, вилоятда тажриба тариқасида жорий этилган янги тизим маҳалладан 400 минг сўм атрофидаги нафақа пулини сўраб мурожаат этган оила ихтиёрида Captiva, Malibu ва Nexia борлигини аниқланган.

Бу мисол нафақалар ажратилиши ва сайёр қабуллардаги мурожаатлар билан боғлиқ шунга ўхшаш ажабтовур ҳангомаларни эсга солди.

Чекка туманлардан бирида уйини таъмирлашда кўмак сўраган оилага ҳомий сифатида бириктирилган ташкилот раҳбари ёрдамга отланибди. Уйга бориб, кўздан кечириб, 5 миллион сўмлик ҳисоб-китобни айтса, хонадон эгалари «биз сенга гадоймизми, уйни бошдан-оёқ таъмирлаб берасан», деб ҳайдаб солибди.

Бошқа туманда эса иши битмагани учун «учта боламни ўзларинг боқиб ол!» деб зарда қилиб, ҳокимликка фарзандларини ташлаб кетган аёлни зўрға орқасидан қувиб етишибди. «Опа, идорамизни болалар боғчаси билан адаштириб қўйдингиз чоғи», деб уввос солаётган болаларини қўлига тутқазишибди.

Ҳокимлик ходимларининг айтишича, аёлларини ёрдам сўрашга йўллаб, ўзлари натижасини машинасида кутиб ўтирадиган, каттакондан нима ундирганини ўсмоқчилайдиган эркаклар ҳам
йўқ эмас. "

Men butun hayotim davomida tevarak-atrofimdagi hayotni yaxshilashga harakat qilib kelaman, bu faqat o'zim uchun emas. Bu siyosiy propoganda emas, balki ongli qaror.

Men hayotni yaxshilashdan qo'rqmayman. Uyda ham, ishda ham. Men yo'laklar, uylar, ko'chalar, shaharlar va atrofimdagi mamlakat yaxshiroq bo'lishini istayman. Oddiy bog'cha bolasidan tortib, universitet professorigacha o'zini madaniyatli tutishini xohlayman.

Men qaysi idorada kim o'tirgani va hammasiga javobgar bo'lgan odamlarni qoralash va la'natlashni istamayman, chunki mening hayotim bu haqida qayg'urish uchun juda qisqa.

Eng yoqimsiz pozitsiya - bu: "barcha ahmoqlar, o'g'rilar va yaramaslar boshqaruvdadir, ularga yordam bermaymiz, chunki ular bizning yordamimizni o'z hisoblariga ochko qilib yozadilar." deb hisoblashdir. Bu mutlaqo xato.

Bunday mavqega ega odamlar juda ko'p - ular yirik shaharlarda istiqomat qilishadi, ular o'zlarini oqil, aqlli, liberal, ma'rifatli deb bilishadi va o'zlarining mavqelari axloqiy jihatdan ustun ekanligiga aminlar.

Go'zal familiya va chiroyli yuzli bu odamlarning barchasi hokimiyat bilan hamkorlik qilishni istamasa, o'zlari bilishadi, men ungacha yashayotgan uyimizning kirish qismini ta'mirlab qo'ydim. Axlat chelakka axlatni eplab tasholmaydigan shaharda bu juda katta yutuq.

Bilasizmi, mening fikrimcha bizning qishloqlarimiz shaharlarimizga qaraganda ozodaroq. Men buni kuch bilan emas, balki o'z xohishlari qilishlariga aminman. Sizning konfort zonangizni kengaytirishning kuchga hech qanday aloqasi yo'qligini aniq tushuntirish uchun aytmoqchiman.

Agar siz yaxshiroq yashashni xohlasangiz, iloji bo'lsa, hoziroq boshlang. Mingta gap, mingta suhbat, majlislar foydasi har bir oila o'z hovlisi oldini supurib qo'yganidan kamroq foyda beradi. Hamma narsani qilib berishni hokimiyatdan kutish, yo kimdir qilib berishini kutish noto'g'ri.
Bu mening tezisim.

@boredpandablog
282 views08:19
Ochish/sharhlash