Get Mystery Box with random crypto!

📚BooK.uz Navoiy📚

Telegram kanalining logotibi bookuz_navoiy — 📚BooK.uz Navoiy📚 B
Telegram kanalining logotibi bookuz_navoiy — 📚BooK.uz Navoiy📚
Kanal manzili: @bookuz_navoiy
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 921
Kanalning ta’rifi

📣Хурматли хамшахарлар!
Ванихоят Book.uz Навоийда!
Энди сиз хам истаган китобингизни ва барча турдаги концелярия молларини телеграмм мессенджери оркали масофадан туриб харид килишингиз мумкин.
🎰 Акции: 2%...10%!!!
🚛 Доставка бепул!
👥 Чат: @booknavoiy

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-21 17:10:56 ​​#Sotuvda

Mari Kondo, «Sarishtalik sehri»

Xalqaro bestseller!
Tartib va sarishtalik haqidagi taassurotlaringizni o‘zgartiruvchi va hayotingizni «qayta sozlovchi» kitob. Sizga saramjonlikka amal qilish kerakligini anglash faqatgina uyingiz yoki ish joyingiz takror chiqindilarga to‘lganidagina keladimi? O‘zingizga savol berib ko‘rganmisiz: «Buning sababi nima bo‘lishi mumkin?»

«Tozalash – hayotingizda bir marotaba sodir bo‘ladigan, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan voqea» – deb hisoblaydi Mari Kondo — tartib-intizom bo‘yicha dunyoning eng mashhur maslahatchisi. Tartibga solish ishlarini olib borishning KonMari uslubini qabul qilganlar, uslubning omma fikrlarilariga zidligiga qaramay, uylari va hayotlarini tartibga solishda, muvaffaqiyatli ravishda samarali natijalarga erishdilar.

KonMari uslubi taqdim etadigan afzalliklar:
— faqat keraksiz narsalardan emas, balki keraksiz aloqalardan ham xalos bo‘lasiz;
— faqat kerakli bo‘lgan xaridlarlarni amalga oshirasiz;
— ortiqcha vazndan xalos bo‘lib, o‘z kiyinish uslubingizni belgilab olaolasiz;
— sevimli buyumlarni o‘z atrofingizda jamlab, siz uchun qadrli insonlarni hayotingizga olib kirasiz.

Muqova: Qattiq
Narxi: 49 000 so'm

Buyurtma berish
Тelefon: +998900859159
Telegram: @bookuzbek_navoiy

@bookuz_navoiy
321 viewsDilshod Qodirov, 14:10
Ochish/sharhlash
2022-07-20 16:35:04 ​​#Сотувда

«Ҳакан Менгюч: Қалбингиз соф бўлса, ҳикоянгиз бахтли якунланар»

Ҳеч қандай учрашув тасодифий эмас. Худди ҳозир бу сатрларни ўқиётганингиз бежиз бўлмаганидек, Африкага борганим ва у ерда бир суфий билан учрашиб, ундан ўрганганларимни шу китобда жамлаганим ҳам бежиз эмас.

Суфийлар: "Дардлар инсонни олға интилишга ундайди", - дейдилар. Энг муҳими, олға интилишдан воз кечмасликдир. Бу эса йўлга чиққанлар учун "умид бор" деган маънони англатади. Чунки тақдир ҳар лаҳза қайта-қайта ёзилади. Сиз ким билан учрашишингизни ёки нима топишингизни ҳеч қачон била олмайсиз. Баъзида истаган нарсангизни қидириб ҳам топа олмайсиз, лекин кимки истаганини топган бўлса, демак, у излаган. Мавлоно айтганидек: "Йўлга чиқсанг, манзил кўринади".

Ушбу китобга йўлимда менга ҳамроҳлик қилган устозларимдан илҳомланиб суфий аҳлининг дардлардан қутулиш, ўзаро муносабатлардаги муаммоларини ҳал этиш, ҳаётга янада ижобий муносабатда бўлиш учун қўллаган амалий усулларини киритдим. Китобдаги насиҳат-у кўникмалар бугунги кунгача минглаб одамларга ёрдам берган ва сизга ҳам ёрдам беришига ишонаман.

Шуни эсдан чиқарманг, ҳамроҳим: неча ёшда бўлишингиздан, бошингиздан нималар кечирганингиздан қатъий назар, қалбингиз соф бўлса, ҳикоянгиз бахтли якунланади.

Турк тилидан: Абдувосилова Муқаддас ва Эргашбой Матёқубов таржимаси

Муқова: Юмшоқ,
Нархи: 33 000 сўм

Буюртма учун:
Телеграм: @bookuzbek_navoiy
Телефон: +998900859159

@bookuz_navoiy
408 viewsDilshod Qodirov, 13:35
Ochish/sharhlash
2022-07-19 17:11:40
«Yolgʻon psixologiyasi»

Zamonaviy odam o‘n daqiqalik suhbat ichida o‘rtacha uch marta yolg‘on gapirishi to‘g‘rimikan? Yolg‘on inson hayotining barcha sohalariga kirib borganiga qanday munosabat bildirasiz? Agar siz yolg‘onni so‘z va ovozdagi turlanish orqali ham aniqlay olmasangiz qanday yo‘l tutganingiz ma’qul bo‘ladi? Pol Ekmanning kitobidan shunday savollarga mufassal javob topsiz. Unutmang, yolg‘onni yashirish juda qiyin.

Kitob yolg‘on va aldovni fosh etishdan manfaatdor bo‘lgan barchaga: siyosatchilar va ishbilarmonlar, shifokorlar va yuristlar, psixologlar, o‘qituvchilar, menejerlar, uy bekalari, kasbiy va shaxsiy hayotda aldamchilik va psixologik firiblar qurboniga aylanishni istamagan har bir kishiga - keng ommaga mo‘ljallangan.

Muallif: Pol Ekman
Muqovasi: Yumshoq
Narxi: 48.000 soʻm

Buyurtma berish
Telegram: @bookuzbek_navoiy
Тelefon: +998900859159

@bookuz_navoiy
870 viewsDilshod Qodirov, 14:11
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:15:59
​#Сотувда

«Туркистон кайғуси»

Ушбу китоб улуғ бобокалонларимиздан бўлган аллома Алихонтўра Соғуний қаламларига мансуб нодир бир асардир. Муаллиф «Туркистон кайғуси» (1966—1973) номли бу асарида халқимиз қандай қилиб босқинчиларга қарам бўлиб қолгани ва динни, Ватанни, миллатни асраш кераклиги, мустақилликни қўлга киритиш учун нималар қилмоқ зарур эканлиги тўғрисида ўша мустабид совет тузуми даврида етук сиёсий арбоб сифатида чуқур сиёсий-ижтимоий мантиқ асосида мукаммал баён этади.

Шу билан бирга, бу асарда Марказий Осиё халқларининг энг қадимги даврлардан то XIX аср охиригача бўлган давр ичида қурган давлатлари, Амир Темур ҳақида, туркий халқлар этнографиясига оид қимматли маълумотлар ҳам бор. Китобдан олий ўқув юртлари талабалари ва тарих билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммаси фойдаланишлари мумкин.

Қаттиқ муқова, 496 саҳифа
Нархи: 78.000 сўм

Буюртма учун:
Телеграм: @bookuzbek_navoiy
Телефон: +998900859159

@bookuz_navoiy
808 viewsDilshod Qodirov, 13:15
Ochish/sharhlash
2022-07-16 18:20:14
#Sotuvda

Mualliflar, «Orzu va dengiz»

Nasr og'ir qadam, deyishadi. Ko'pchilik bu og'ir qadamni tashlaydi-yu, qaytib oyog'ini ko'tarolmaydi. Ko'tarsa ham, ortida iz qolmayotgan bo'ladi.

Mazkur to'plamga 41 navqiron nosirlarning cho'g' sachratib oldinga tashlagan jiddiy qadamlaridan bir ulgu yig'ildi.

Nashriyot: «Factor books»
Narxi: 39 000 so'm

Yetkazib berish xizmati:
Navoiy shahar bo'ylab BEPUL

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

Buyurtma berish
Telegram: @bookuzbek_navoiy
Тelefon: +998900859159

@bookuz_navoiy
527 viewsDilshod Qodirov, 15:20
Ochish/sharhlash
2022-07-16 08:35:35 #AudioParcha 2

Xadicha Kubro Tongarning «Nikohimni asray olaman» kitobi nima haqda?

Muallif: Xadicha Kubro Tongar
Nomi: «Nikohimni asray olaman»
O'qidi: Elmira Muxtor, Umid Abduhakimov

Kanalga aʼzo boʻling va doʻstlaringizni ham taklif qiling .
@bookuz_navoiy
504 viewsDilshod Qodirov, 05:35
Ochish/sharhlash
2022-07-15 18:00:04
#Sotuvda

Najib Mahfuz, «Tungi suhbat»

Misrning zabardast yozuvchilaridan biri – senariynavis, dramaturg Najib Mahfuz, asosan, romantizm, realizm, ekzistensializm yo'nalishlarida ijod qilgan. Uning hikoyalari, qissalari va romanlari son jihatdan ko'p bo'lsa-da, mazmun jihatidan bir-biriga aslo o'xshamaydi. Takrorlanmas voqeliklar va iboralarga, turli syujetlarga boy asarlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ushbu kitobda jamlangan hikoyalarni o'qir ekansiz, ham qadriyatlar, ham zamonaviylik, ham xurofotlar qorishgan bir butunlikka duch kelasiz. Ulardagi majoziy ma'nolar, qochirimli iboralar, xulosa chiqarishni kitobxonning o'ziga havola etish kabi elementlar yozuvchining ijodi haqiqatan ham, tahsinga sazovor ekanini ko'rsatadi.

Tarjimon: Xosiyat Rajabova
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Narxi: 20 000 so'm

Yetkazib berish xizmati mavjud.
Тelefon: +998900859159
Telegram: @bookuzbek_navoiy

@bookuz_navoiy
528 viewsDilshod Qodirov, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-15 13:41:38
#Tez_kunda

Napoleon Xillning «O'yla va boy bo'l» nomli turkum kitoblari qayta nashr etilmoqda!

Bizni kuzatib boring.

Nashriyot: «Yangi asr avlodi»

@bookuz_navoiy — yangi kitoblar
505 viewsDilshod Qodirov, 10:41
Ochish/sharhlash
2022-07-14 18:45:09
​#Sotuvda

Jojo Moyes, «Men hamon o'sha-o'shaman»

Luiza Klark Nyu Yorkka kelganidayoq yangi hayot boshlashga ruhan tayyor edi. Ammo u butunlay boshqa dunyoga, begona uyga, sinoatu jumboqqa to'la sirli makonga tushib qolgandi

Turfa xil xayolotga to'la orzular tamomila zid voqelikka duchor qildi. Biroq Luiza hayotning kutilmagan sinovlarini o'ziga ishonch va tabassum bilan qarshi oldi.

Asar qahramoni ertami kech o'zligini anglashini, yangi hayotda o'z yo'lini topish kerakligini biladi. Bu orqali u eng muhim savolga javob topishi lozim: muhabbati kimga atalgan?

Tarjimon: Sevinch Ahmedova
Muqova: Qattiq, 288 bet
Nashriyot: «Sharq ziyo zakovat»
Narxi: 49 000 so'm

Buyurtma berish
Telegram: @bookuzbek_navoiy
Тelefon: +998900859159

@bookuz_navoiy
542 viewsDilshod Qodirov, 15:45
Ochish/sharhlash
2022-07-14 12:24:23
#Tez_kunda

Bizni kuzatib boring.

Nashriyot: «Yangi asr avlodi»

@bookuz_navoiy — yangi kitoblar
523 viewsDilshod Qodirov, 09:24
Ochish/sharhlash