Get Mystery Box with random crypto!

📚BooK.uz Navoiy📚

Telegram kanalining logotibi bookuz_navoiy — 📚BooK.uz Navoiy📚 B
Telegram kanalining logotibi bookuz_navoiy — 📚BooK.uz Navoiy📚
Kanal manzili: @bookuz_navoiy
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 921
Kanalning ta’rifi

📣Хурматли хамшахарлар!
Ванихоят Book.uz Навоийда!
Энди сиз хам истаган китобингизни ва барча турдаги концелярия молларини телеграмм мессенджери оркали масофадан туриб харид килишингиз мумкин.
🎰 Акции: 2%...10%!!!
🚛 Доставка бепул!
👥 Чат: @booknavoiy

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-22 18:00:10
​​Тосимаса Оота: Энг яхши дада!

Ушбу китобда ишдаги карьера ва оталик вазифасини ўзаро уйғунликда олиб бориш жараёнида муаммоларни бошдан кечираётган оталар учун оддий ва самарали маслаҳатлар жамланган.

Япониялик муаллиф вақт тиғизлигида қандай қилиб оталар фарзандлари билан мулоқот қила олиши, арзимас дақиқалар давомидаги суҳбат орқали бола қалбидан жой олиш, қандай ўйинлар ўйнаш мумкинлиги ҳақида ҳикоя қилади. Бу билан бола тарбияси қизиқарли ўйинга, ўта банд бўлган меҳнаткаш инсон эса, дунёдаги энг меҳрибон отага айланади.

Муқова: Юмшоқ
Нархи: 32.000 сўм

Буюртма бериш
Телеграм: @bookuzbek_navoiy
Телефон: +998900859159

@bookuz_navoiy
523 viewsDilshod Qodirov, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-22 09:00:11
#Tez_kunda

«Qatlnoma» asari orqali kitobxonlarga yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan yozuvchi va publitsist Nabijon Boqiyning mazkur asari XX asr jamoatchiligida turli qarashlar uyg‘otgan, fidokor jadidlar harakati namoyandalari safida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shaxs – Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotini qamrab olgan salmoqli hujjatli roman hisoblanadi.

Hamzaning 1889-yildan 1929-yilgacha davom etgan 40 yillik hayotidan hikoya qiladi. Tarjimai holidan tortib, ijodiy faoliyati, siyosiy qarashlari va yillar davomida ko‘p sonli kitobxonlarni katta so‘roqqa ro‘baro‘ qilgan qatl sabablari – barchasi mazkur «Qizil toshbo‘ron» ostida yashiringan.

Bizni kuzatib boring.

Nashriyot: «Yangi asr avlodi»

@bookuz_navoiy — yangi kitoblar
543 viewsDilshod Qodirov, 06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:10:22 ​​Yangi muqovada #sotuvda

Malala Yusufzoy, «Men Malalaman»

Malala Yusufzoy 16 yoshda. U maktabga qatnashni yaxshi ko‘radi, ammo toliblar qizlarning maktabga borishni taqiqlab, bunga itoat etmaganlarni o‘lim hukmi bilan jazolaydi. Kunlarning birida Malala mingan maktab avtobusining yo‘lini toliblar to‘sishadi...

«Men yarim tunda yaratilgan mamlakatda tug‘ilgandekman. O‘lim yoqasiga kelib qolganim taxminan peshin vaqtiga to‘g‘ri keladi», deya boshlanadi asar muqaddimasi. Malala intervyularining birida esa «Men bu kitobda adolatsizlikka duch kelgan, biroq ming afsuslar bo‘lsinki sukut saqlashga majbur bo‘lgan barcha qizlarga bag‘ishlayman. Birgalikda harakat qilib, bizni tinglashlariga erishamiz!», deydi.

Ushbu kitob 2013-yilda yozilgan bo‘lib, muallif ayol-qizlar haq-huquqlari uchun kurashishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni, qizlarning maktabga borishini qo‘llab-quvvatlashi ortidan o‘zi duch kelgan tazyiqu tahdidlar haqidagi avtobiografik qissadir.

Tarjimon: Ahror Sharif
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Muqovasi: Qattiq
Narxi: 42 000 so'm

Buyurtma berish
Тelefon: +998900859159
Telegram: @bookuzbek_navoiy

@bookuz_navoiy
541 viewsDilshod Qodirov, 13:10
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:20:24
"Sahihul Buxoriy" dagi uch roviyli oliy sanadli hadislar

Mazkur kitobda "Sulosiyotul Buxoriy" asaridagi uch roviy orqali rivoyat qilingan, sanadi eng oliy boʻlgan sahih hadislar haqida fikr yuritiladi.

Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy "asaridan mavjud oliy sanadli hadislar jamlangan.Mazkur tarjima Ali ibn Hijoziy ibn Muhammad Bayyumiyning "Sulosiyotul Buxoriy" toʻplami qoʻlyozmasiga asoslangan.Shuningdek, ushbu kitobda mazkur qoʻlyozma asarida keltirilmagan, ammo "Sahihul Buxoriy" da mavjud boʻlgan sulosiy hadislar ham keltirilgan.

Muqovasi: Qattiq
Narxi: 47 000 so’m

Buyurtma berish
Telegram: @bookuzbek_navoiy
Тelefon: +998900859159

@bookuz_navoiy
578 viewsDilshod Qodirov, 15:20
Ochish/sharhlash
2022-08-19 10:05:24
#Sotuvda

Napoleon Xillning «O'yla va boy bo'l» turkum kitoblari qayta nashr etildi.

Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Narxi: 15 000 so'mdan

Buyurtma berish
Тelefon: +998900859159
Telegram: @bookuzbek_navoiy

@bookuz_navoiy
551 viewsDilshod Qodirov, 07:05
Ochish/sharhlash
2022-08-18 17:55:41
#Sotuvda

Isajon Sulton, «Bilga xoqon»

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib Isajon Sulton bugun adabiyot ixlosmandlarining suyukli muallifiga aylanib ulgurdi. Adib o‘z asarlari ila kitobxonlar qalbini zabt etgan, tafakkur tugunlarini yecha olgan.

El-xalq dilidagi gaplarni qalamga oladigan Isajon Sultonning mazkur kitobidan so‘nggi yillarda qog‘ozga tushib, sayqal topgan bir-biridan ajoyibu g‘aroyib asarlari o‘rin olgan. Kitob o‘zini va o‘zgani anglamoqqa intilayotgan, o‘tmish va bugungi kunning maʼnaviy, ruhiy muammolariga javob izlayotgan o‘quvchilarga o‘ziga xos dardkash bo‘la oladi.

Nashriyot: «Factor books»
Muqovasi: Yumshoq
Narxi: 39 000 so’m

Buyurtma berish
Telegram: @bookuzbek_navoiy
Тelefon: +998900859159

@bookuz_navoiy
559 viewsDilshod Qodirov, 14:55
Ochish/sharhlash
2022-08-18 13:20:18
#Tez_kunda

Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.

«Uyimiz jannatga aylansin» kitobi Qurʼon va sunnat nuqtai nazaridan ushbu tendensiyani to‘xtatish, oilada yuz bergan muammolarni tahlil qilib, ularning psixologik va maʼnaviy jihatlarini chuqurroq o‘rganish orqali juftliklarga majoziy ma'noda o‘z uylarini jannatga aylantiradigan yechimlarni taklif etadi. Sog‘lom oila va sog‘lom jamiyat tuzilishiga erishish yo‘llarini ko‘rsatadi.

Nashriyot: «Yoshlar matbuoti»

@bookuz_navoiy — yangi kitoblar
548 viewsDilshod Qodirov, 10:20
Ochish/sharhlash
2022-08-17 16:00:21
#Sotuvda

Andre Morua, «Chorshanba uchun binafsha»

Fransuz adabiyotining yirik vakili Andre Moruaning hikoyalari nafaqat fransuz milliy adabiyoti mulki, balki jahon adabiyotining serjilo asarlari sirasidan joy olgan.

Yozuvchi hikoyalarining ahamiyatli jihati shundaki, Morua kitobxonga yuzlanar ekan, voqeani shunchaki bayon qilmaydi. Tasvir orqali qahramonning iztiroblari, hayotiy xulosalari, jamiyatning og‘riqli nuqtalari muallif tilidan kitobxon qalbiga alam bilan quyuladi. Va so‘nggi so‘z o‘quvchining iqrori sifatida yuzaga chiqadi.

Tarjimon: Ozod Sharafiddinov
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Narxi: 22 000 so'm

Buyurtma berish
Тelefon: +998900859159
Telegram: @bookuzbek_navoiy

@bookuz_navoiy
551 viewsDilshod Qodirov, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:30:25
#Tez_kunda

Севги кучни эмас,
заифликни бўлишишдир...

Ассалому алайкум қалбларида Буюк Яратувчининг "Ўқи" деган амрига алоҳида жой ажратилган, китобларни аввал қалбига кейин эса кутубхонасига жойлайдиган китобхонлар.

Муҳаммад Бўздағ “Муҳаббат анатомияси”
Адибнинг қайси асарини мутолаа қилманг, барчасида инсонни ижобий ва мантиқий фикрлашга ундайдиган, камолотга чорлайдиган, икки дунёингизни фаровон этадиган панд-насиҳатларни учратасиз.

Китоб сизга зиллат ва қалб ҳасталикларини муолажа этишингизда йўлбошчи ва кўмакчи бўлишига ишонамиз.
Тин олиб... Шов-шувли ҳаётнинг шовқин-суронида ўзимиз ҳақимизда тафаккур қиламиз!
Муносабатларни устунликларга кўра тартиблаймиз!

@bookuz_navoiy
517 viewsDilshod Qodirov, 06:30
Ochish/sharhlash
2022-08-16 18:25:13
#Sotuvda

Xadicha Kubro Tongar, «Ahil va inoq farzandlar tarbiyalash san'ati»

• Farzandlar o'rtasidagi qizg'anish hissi nimadan kelib chiqadi?
• Bolalar qanday qilib ahil-inoq bo'lishi mumkin?
• Ota-onalarning ishini osonlashtiradigan qanday usullar mavjud?

Bolaligigizda hech aka-ukangiz yoki opa-singlingiz bilan janjallashganmisiz? Sezilib turibdi, «Bu qanday savol boʻldi?» degan istehzo bilan kitobni yopib qo'yishga chog'lanyapsiz. Shoshilmang, albatta, janjallashgansiz, bu g'ayrioddiy hodisa emas. Ammo o'zaro janjallaringiz, qizg'anishlaringiz ota-onangiz uchun xavotirli kechgani aniq. Turgan gapki, bugun sizni ham ayni xavotir qiynamoqda va farzandlari ahil-inoq, tortishmaydigan, bir-biriga mehr-oqibatli bo'lishini xohlovchi onalar safida siz ham borsiz.

Tarjimon: Jahongir Odilov
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Narxi: 35 000 so'm

Buyurtma berish
Telegram: @bookuzbek_navoiy
Тelefon: +998900859159

@bookuz_navoiy
565 viewsDilshod Qodirov, 15:25
Ochish/sharhlash