Get Mystery Box with random crypto!

ONANGIZNI QUCHIB SURATGA TUSHING! Ona jigarbandin bag‘riga bo | FARZAND TARBIYASI 🌙

ONANGIZNI QUCHIB SURATGA TUSHING!

Ona jigarbandin bag‘riga bosib,
Suratga tushmoqda esdalik uchun.
Bilmam, bu suratni ko‘rib shodlanar,
Va yo ertasiga xastalik uchun.

Xulosa qilmoqqa shoshmang, qadrdon,
So‘zimni yolg‘onga chiqarmay turing.
Bu haqda achchiq bir haqiqat bordir,
Men yozay, siz uni bir o‘qib ko‘ring.

Farzand ulg‘ayadi, bo‘yga bo‘y qo‘shib,
Hayotning bir kam-u ko‘stlari bilan.
Keyin bir-birining yelkasin quchib,
Suratga tushadi do‘stlari bilan.

Yillar ham shoshqaloq, shoshar betayin,
Umr uni eltar sevgi yoshiga.
Go‘zal bir qiz bilan tushgan suratin,
Iljayib maqtanar sinfdoshiga.

Keyin ul yigitni Hayot o‘chog‘i,
Bag‘riga oladi ko‘z yoshlar bilan.
Rasmga tushadi, ostida yozuv:
"TOSHKENTDAN ESDALIK - KURSDOSHLAR BILAN!"

So‘ng oila quradi, niyatlar aylab,
Farzand ham ko‘radi bo‘lur zo‘r bazm.
Suratkash chaqirar uyga ataylab,
Jigarbandi bilan tushmoqqa rasm.

Aytarsiz ehtimol, "nima bo‘pti"deb,
Axir bular bari hayotning izmi.
Balki ichingizda qoralab meni,
Dersiz: surat axir kechaning jismi.

Kun kelib onasin yo‘qotar yigit,
O‘zgartirib bo‘lmas hayot azmini.
Keyin ming izlasin topa olmas, u,
ONAsin quchoqlab tushgan rasmini.


ONA — moʻtabardir, uni zor etmang,
Ul zotga mehringiz yuz chandon qo‘shing.
Suratkash chaqiring, kech qolib ketmang,
ONANGIZNI QUCHIB SURATGA TUSHING!

Muhammad Yusuf

@bola_tarbiyasi