Get Mystery Box with random crypto!

Buxanka non narxi ko'tarildi Talaba - bu so'zni eshitganda | Boburjon

Buxanka non narxi ko'tarildi

Talaba - bu so'zni eshitganda ko'pchilik insonning ko'z oldiga birinchi navbatda kesilgan buxanka non keladi albatta. Lekin bu xabarni eshitgan Xalqning ko'ziga endi shunchaki Xo'mrayib turgan talabaning yuz ifodasi kelsa ham ajabmas.

Har narsasiz talabaning kuni o'tishi mumkin, ammo Buxanka nonsiz ... qiyin masala:

Endi tug'ilgan kunlarda Shamni nimani ustiga yoqamiz?

Endi faqatgina nimani to'yib yeymiz?

Pichoqlarimizni qanday charxlaymiz(buxanka kesavergandan pichoqlar charxlanib qolardi. Ha endi qattiq narsani kesgandan keyin shuda)?.

Narxiga keladigan bo'lsak:

Avval, yurtimiz bo'ylab 1600 so'mdan 1900 so'mgacha sotilayotgan edi.
Hozir, yurtimiz bo'ylab 2800 so'mgacha bo'lib turibdi. Faqatgina bu Toshkent shahri kesimida boshqacha ya'ni qimmatroq bo'lishi mumkin. (Sababini Toshkent shaharda yashab ko'rganlar biladi).

Ko'tarilish sababi:

Un bilan bo'lgan birja savdosilaridagi o'yinlar asosiy sabab bo'lib turibdi. Agarda yanada yaxshiroq javob olishni istasangiz bunga Moliya Vazirligining Departament mudiri To'lqin Mirzayev ushbu savolga javob beribdi.

O'sha gap, talaba tanish-bilishlarga, kursdoshlarga jo'natib yuborma yana siqilib qolishadi.

@boburjonshaxsiy