Get Mystery Box with random crypto!

1-Iyun. Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni(bolalar kuni). B | Boburjon

1-Iyun.
Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni(bolalar kuni).


Bolalik - shunchaki ta'riflashga til ojiz bo'lgan so'z va davrdir). Undagi xotiralar esa juda ham rang-barang.
Keling Bolalar bayramidagi xotiralarni siz bilan ulashaman:

Suv sepadigan Pistolet(bayramga eng muhim sovg'alardan biri):
Birga o'ynab katta bo'lgan bolani Suv bilan bejash , men u onlarni qanchalar kutgan bo'lardim. Senda ham bo'lganmi?, eng armon bo'lib qolgani bu katta suv sepadigan avtomat. Ha, u juda ham effect beradi. Uzoqroqqa sepadi, raqibingni yengishingda imkoniyating oshadi va ko'proq suv ketadi . Mazzami a mazzami.

Bog'ga(parkka) - hech qaysi bayramda olib borishmagan taqdirda ham Bolalar bayramida men unga yetishardim):

Mening yoshligim o'tgan tumanning parkiga shunchaki gap bo'lishi mumkin emasdi. Sababi, bizning u Parkimiz har doim ochiq edi ammo hech nima ishlamasdi. O'zi unda 4 ta arg'imchoq(kochelyak) bor edi va u ham bayram kunlari ishlaganda shunchaki talpaning dastidan qo'l siltagancha asabiylashib uchmay qaytgan paytlarim ham bo'lgan .

Maktab davrida ta'til(kanikul)- boshlanish vaqti:
Bayram ta'til boshlangan vaqtlarga to'g'ri keladi va bu men uchun haqiqiy bayram. Balki sen aytarsan, *Maktabda o'qishni yoqtirmagan bo'lsang uje sen haqingda nimadir deyish qiyin* deb. Ha bu haqiqatga yaqin. Ammo yil bo'yi har kuni maktabga og'ir sumkani ko'tarib borib kelish qanchalar qiyin ekanligini sen mendan ko'ra yaxshiroq bilsang kerak. Chunki men har kuni yoq deganda ikkita fandan kitobimni uyga tashlab borganman. Demak, seni sumkangdan meni sumkam ancha yengilroq bo'lgan .

Bayramga atalgan shirinlik:
Har doim o'sha birga o'ynab katta bo'lgan bola bilan shirinlikni teng ikkiga bo'lishdagi muammo. Uning mendan kuchi ko'proq bo'lganligi sabab u holat faqat uning foydasiga hal bo'lardi). Aslida ikkimiz ham yarimta shirinlikka bo'kib qolardik. Lekin bolalarcha qizg'anish va ochko'zlik bunga yo'l bermasdi. Buni tan olishing shartmas, chunki bu holat hammada bo'lishini juda yaxshi bilaman .

Bu aytilganlar takrorlanib keluvchi holatlar edi. Lekin har safar bayram o'zgacha va yangi esda qolarli xotiralar bilan o'tardi.

Sendan iltimos, faqat bu postni yoshlikda birga o'ynab katta bo'lgan qadrdonlaringga jo'natib yuborma).

@boburjonshaxsiy