Get Mystery Box with random crypto!

Barchasi Bittada

Telegram kanalining logotibi bittada_barchasi — Barchasi Bittada B
Telegram kanalining logotibi bittada_barchasi — Barchasi Bittada
Kanal manzili: @bittada_barchasi
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.20K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston va Jahondagi eng so'nggi yangiliklar, biznes, moliya, IT va ta'lim — Barchasi Bittada!
📨Aloqa: @NMNOV

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-01-16 21:40:36 Rasman: Oʻzbekistonda maktab va universitetlarda oʻqish qachon boshlanadi?

• Toshkent – ​​18-yanvar
• Samarqand – 18-yanvar
• Buxoro – 23-yanvar
• Farg‘ona – 18-yanvar
• Andijon – 23-yanvar
• Navoiy – 18-yanvar
• Namangan – 18-yanvar
• Xorazm – 23-yanvar
• Qashqadaryo – 23-yanvar
• Surxondaryo – 18-yanvar
• Sirdaryo – 18-yanvar
• Jizzax – 18-yanvar
• Qoraqalpog‘iston – 18-yanvar

@bittada_barchasi#talim
255 views18:40
Ochish/sharhlash
2023-01-16 19:54:29 Dunyo aholisining bir foizi pandemiya boshlanganidan beri 26 trln dollarga boyidi

Yer yuzida aholining 1 foizi 2020 yildan buyon yaratilgan 42 trln dollarlik yangi boyliklarning 26 trln dollariga egalik qildi. Bu qolgan yer yuzidagi 99 foiz insonning boyligidan 10 trln dollarga ko‘pdir. Milliarderlarning boyligi kuniga o‘rtacha 2,7 mlrd dollarga oshgan.

Mutaxassislarning fikricha, boylarga 5 foizgacha soliq solish insoniyatga yiliga 1,7 trln dollar foyda olib kelishi mumkin hamda buning natijasida 2 mlrd odamni qashshoqlikdan chiqarish mumkin.

@bittada_barchasi — #statistika
939 views16:54
Ochish/sharhlash
2023-01-16 19:48:50
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

@bittada_barchasi — #siyosat
948 views16:48
Ochish/sharhlash
2023-01-16 19:16:25
UzAuto Motors 2022 yilda 2 trln so‘m soliq to‘ladi hamda 702 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

O‘zbekistonda 2022 yilda 72 348 ta yuridik shaxs tomonidan qariyb 39 trln so‘m soliq to‘landi. Shundan 17,5 trln so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu 20 ta korxona 2022 yilda 2,6 trln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.

@bittada_barchasi — #statistika
1.2K viewsedited  16:16
Ochish/sharhlash
2023-01-16 16:31:02 Rossiyadan Oʻzbekistonga oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilgan talabalar roʻyxati tasdiqlandi.

@bittada_barchasi#talim
1.7K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-01-16 15:25:59 Oʻzbekistonda 15-yanvar kuni soat 08:00 dan 16-yanvar 08:00 gacha 2 113 nafar chaqaloq tugʻildi.

Eng koʻp tugʻilish holatlari Qashqadaryo (231 nafar) viloyatiga toʻgri keldi. Shuningdek, sutka davomida tugʻilgan chaqaloqlarning 1065 nafarini oʻgʻil bolalar tashkil etdi. Umumiy hisobda respublika boʻyicha 14 nafar egizak tugʻildi.

@bittada_barchasi#statistika
2.0K views12:25
Ochish/sharhlash
2023-01-16 12:03:45
Sizlar meni eshityapsizlarmi? You!

Mikrafon nosozligi sabab Jo Baydenning Atlantadagi nutqi mana shunday boshlandi.

@bittada_barchasi#siyosat
2.7K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-01-16 12:03:13
Hindiston rasman dunyodagi eng koʻp aholisi boʻlgan davlatga aylandi – BMT.

@bittada_barchasi#dunyo
2.4K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-01-16 11:48:05
“Katta urush bo‘ladi”

Rossiya 1 millionlik qo‘shin bilan Ukrainaga xujum qilmoqchi Putinning sobiq maslahatchisi Rossiya armiyasining rejalarini oshkor qildi:

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml bunga 4 oydan beri tayyorgarlik ko‘rgan. Illarionov 15 yanvardan boshlab Kreml Ukrainaga hujum rejalarini amalga oshirishni boshlashi mumkinligidan ogohlantirgan. U shu kuni Moskva qo‘shimcha safarbarlik e’lon qilishi mumkinligini ta’kidlagan. Qo‘shinlar guruhini million kishiga yetkazish prognoz qilinmoqda.

@bittada_barchasi — #jahon
1.9K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2023-01-16 11:43:37
Prezident Toshkentda ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni oshib ketganini tanqid qildi

Davlat rahbari poytaxtning bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotganiga qatʼiy eʼtiroz bildirdi.

@bittada_barchasi — #siyosat
23 views08:43
Ochish/sharhlash