Get Mystery Box with random crypto!

Barchasi Bittada

Telegram kanalining logotibi bittada_barchasi — Barchasi Bittada B
Telegram kanalining logotibi bittada_barchasi — Barchasi Bittada
Kanal manzili: @bittada_barchasi
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.20K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston va Jahondagi eng so'nggi yangiliklar, biznes, moliya, IT va ta'lim — Barchasi Bittada!
📨Aloqa: @NMNOV

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-20 14:09:08 AQSH tashqi davlat qarzi 31,4 trln dollarga yetgan

Agar Kongress limitni oshirish boʻyicha kelisha olmasa, yozga borib AQSH tashqi qarzi defoltini eʼlon qilishi mumkin, deb yozadi ABC News.

@bittada_barchasi — #iqtisodiyot
3.3K views11:09
Ochish/sharhlash
2023-01-20 14:01:24
Navoiy viloyatida qurilayotgan ShES uchun Xitoydan 111 ta turbina va shamol generatorlari olib kelinmoqda – Energetika vazirligi.

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

@bittada_barchasi — #energetika
3.8K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-01-20 10:41:22
Moskva Turkmanistonni o‘z tomonida ko‘rmoqchi: Rossiya bosh vaziri Ashxobodga keldi

Rossiya Bosh vaziri Mishustin bu yilgi ilk xorijiy tashrifini boshladi. Bosh vazir kecha Turkmaniston-Rossiya forumi uchun ish safari bilan Ashxobodga keldi. Bosh vazir ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, xususan, hozirda atigi 1 milliard dollarga baholangan tovar ayirboshlashni kengaytirishni belgilab berdi.

Dastur katta va murakkab, lekin ikki nuqtadan iborat – Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berish. Agar bu amalga oshsa, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tiklanishi mumkin.

@bittada_barchasi — #siyosat
6.8K viewsedited  07:41
Ochish/sharhlash
2023-01-20 10:11:02
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev shifoxonaga yotqizilgan. Uning yuragi operatsiya qilinishi mumkin.

@bittada_barchasi — #siyosat
6.9K viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2023-01-20 06:01:41
Nodirbek Abdusattorov shaxmat qiroli Magnus Karlsenni mag‘lub qildi

Niderlandiyada o‘tayotgan klassik shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” turnirida olimpiada chempioni, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi.

@bittada_barchasi — #sport
4.2K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-01-19 17:14:37
Sergey Lavrov Gʻarb Markaziy Osiyo davlatlariga bosim o‘tkazayotgani haqida gapirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Gʻarb, AQSH va Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlariga bosim o‘tkazib, ulardan Moskvaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishni talab qilmoqda.

Shuningdek, u Markaziy Osiyo davlatlari bunday tahdidlarni inobatga olishga majburligini ta’kidladi.

@bittada_barchasi — #siyosat
4.5K viewsedited  14:14
Ochish/sharhlash
2023-01-19 16:57:46 AQSH dollarining rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pasaydi

Markaziy bank 20-yanvardan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 285,00 so‘m (-6,03)
RUB 163,99 so‘m (-0,33)
EUR 12 216,01 so‘m (-57,34)

@bittada_barchasi — #kurs
4.7K views13:57
Ochish/sharhlash
2023-01-19 10:59:29
Boshdagi og‘riq, quloqdagi shovqun va og‘irlikni birgina NUQTA orqali bartaraf etamiz!

Batafsil videoni ko‘ring va yaqinlarga xam yuboring!

@bittada_barchasi — #tibbiyot
8.2K viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2023-01-19 09:26:49
Yangi muammo - Markaziy Osiyo davlatlariga piyoz tanqisligi tahdid solmoqda

Qattiq sovuq ob-havo tufayli O‘zbekistonda piyoz muzlab qoldi va mamlakatda bu mahsulot tanqisligi yuzaga keladi. Piyozni chetdan olib kelishga to‘g‘ri keladi, shuning uchun ham narxlar ko‘tariladi, deya xabar beradi “Podrobno”.

Qo‘shni Qozog‘istonda rasmiylar ichki ehtiyojni qondirish va narxlarni barqarorlashtirish maqsadida uch oyga piyoz eksportini taqiqladi. Ma’lum qilinishicha, Tojikiston ham ushbu mahsulotlar eksportini cheklagan.

Tengrinews xabar berishicha, ushbu mahsulotni Osiyodagi asosiy ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Pokistondagi tabiiy ofatlar tufayli Qozog‘iston piyoziga talab keskin oshdi.

@bittada_barchasi — #OziqOvqat
7.9K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-01-19 09:21:10
AQSHning Loredoda shahrida Amerika polisiyasi tomonidan qurol ishlatilgan video paydo bo‘ldi.

Taxminlarga ko‘ra, polisiya jinoyatchilardan birini qo‘lga olmoqchi bo‘lganida, jinoyatchini qo‘lida qurol borligini payqab qoladi va masofadan o‘q uzadi.

@bittada_barchasi — #breakingnews
5.0K viewsedited  06:21
Ochish/sharhlash