Get Mystery Box with random crypto!

Hamma qahramonlar ham pulga uchishmaydi! Ingliz millatiga man | Bitiklar

Hamma qahramonlar ham pulga uchishmaydi!

Ingliz millatiga mansub Brendon Grimshou 13 ming dollarga Tinch Okeanidagi Seyshel orollarida hech kim yashamaydigan kichik orol sotib oldi, kichik orol Moyenne deb ataladi va u yerga abadiy ko'chib o'tgan Brendon Grimshou qirqqa kirganida gazeta muharriri sifatidagi ishini tashlab, yangi hayot boshladi.
O'sha paytda orolga 50 yil oldin hech kim qadam bosmagan edi.

Haqiqiy Robinzonga yarasha, Brandon Seyshel orollari aholisi orasidan o'z turmush o'rtog'ini topdi va uni "ish"ga oldi. Uning ismi Rene Lafortin edi, Rene bilan birga Brendon kimsasiz orolga sayohat qilib, yangi uyini qurishni boshladi. Rene Moyenne oroliga vaqti-vaqti bilan kelgan bo'lsa-da, Brendonning o‘zi u yerda o'nlab yillar yashagan va hech qachon ketmagan.

39 yil davomida Grimshou va Lafortin o'z qo'llari bilan 16 000 tup daraxt ekishdi va qariyb 3 mil yo'l qurishdi. 2007-yilda Rene Lafortin vafot etdi va Brendon orolda yolg'iz qoldi.
U 81 yoshda edi. U orolga 2000 ta yangi qush turlarini jalb qildi va dunyoning qolgan qismida(shu jumladan Seyshel orollari) allaqachon yo'q bo'lib ketish arafasida turgan yuzdan ortiq gigant toshbaqalarni olib keldi. Grimshouning sa'y-harakatlari tufayli bir paytlar kimsasiz bo'lgan orolda hozir Seyshel orollari yovvoyi tabiatining uchdan ikki qismi yashaydi. Tashlab ketilgan yer haqiqiy jannatga aylandi.

Bir necha yil oldin Saudiya Arabistoni shahzodasi Brandon Grimshouga orol uchun 50 million dollar taklif qilgan edi, ammo zamonaviy Robinzon buni rad etdi. “Men orol boy odamlar uchun sevimli dam olish maskaniga aylanishini xohlamayman. Har bir inson zavqlanadigan milliy bog' bo'lsa yaxshi bo'lardi."

Va u 2008-yilda orolni milliy bog' deb e'lon qildi.

Asilbek Abdurahimov tarjimasi

@bitiklarim