Get Mystery Box with random crypto!

#Masala_Ishlash 2-qism Energetik almashinuv va Fotosintez | Biologiya Jasurbek blogi

#Masala_Ishlash

2-qism

Energetik almashinuv va Fotosintez

1. Glukoza parchalanganda 206 ta ATF hosil bo’ldi. To’liq parchalangan glukoza molekulalarini hosil qilish uchun o’simlik 90 mol ATF sarflagan bo’lsa, necha mol glukoza parchalangan?
A) 5,42 B) 13 C) 10 D) 5

#Yechimi:
1) 1 mol – 18 mol ATF (sarflanadi)
X= 5 – 90 mol ATF Demak 5 mol glukoza to’liq parchalangan.
2) 1 mol – 38 mol ATF
5 mol – X= 190 mol
3) 206 – 190 = 16 mol ATF chala parchalanishdan hosil bo’lgan.
4) 1 mol – 2 mol ATF
X= 8 – 16 mol
Demak jami bo’lib 8 + 5 = 13 mol J: B

2. Glukoza to’liq parchalanganda 8960 kj issiqlik energiyasi ajraldi. Shu glukoza o’simlik hujayrasida achiganda qancha ATF hosil bo’ladi?
A) 266 B) 252 C) 14 D) 7

#Yechimi:
1) 1 mol – 1280 kj
X= 7 mol – 8960 kj
2) 1 mol (chala par) – 2 mol ATF
7 mol – X= 14 mol ATF J: C

3. Nomalum massali glukoza parchalanganda 4080 kj issiqlik energiyasi va 118 ATF chiqdi, glukozaning necha foizi to’liq parchalanmagan?
A) 60 B) 20 C) 80 D) 40

#Yechimi:
1) 1280x + 120y = 4080
38x + 2y = 118 ATF
2) 1280x + 120y = 4080
2280x + 120y = 7080
3) 1000x = 3000
4) X = 3
5) Y= (118-(38×3))/2=2y
Demak 3 mol glukoza to’liq, 2 moli chala parchalangan ekan. To’liq parchalangani:
2:5×100% = 40% #J: D

4. Ma’lum bir harakat davomida muskul hujayrasida har daqiqada 20 kj energiya ajralib chiqadi. Shu harakat bajarilishi uchun glukoza 10 daqiqa chala, 70 daqiqa to’liq parchalangan bo’lsa, sarflangan glukoza miqdorini aniqlang.
A) 270g B) 1270g C) 300g D) 800g

#Yechimi:
1) Har minutda 20 kj bo’lsa 10 minutda 20×10= 200 kj
2) Chala parchalanishda 200 kj energiya chiqishi uchun 180 g glukoza parchalanadi.
4) 180 g – 2800 kj
X= 90 g – 1400 kj
5) 90 + 180 = 270 g #Javob: A

5. 7 mol glukoza parchalanganda 122 mol ATF hosil bo’ldi. To’liq parchalanmagan glukoza molekulalarini hosil qilish uchun o’simlik qancha ATF sarflagan.
A) 126 B) 57,79 C) 54 D) 72

#Yechimi:
1) X + Y = 7
38x + 2y = 122 ATF
2) 2x + 2y = 14
38x + 2y = 122
3) 36x = 108
4) X= 3
5) Y= 7 – 3 = 4
Sintezda 1 mol – 18 ATF
4 mol – X = 72 ATF #Javob D

Bizning telegram kanallar:

@jasurbek_tayyorlov_kursi
@biologiya_kimyo_online_darslar
@biologiya_mega_ziyo

Biz sizga eng yaxshilarini ilinamiz