Get Mystery Box with random crypto!

#Masala_Ishlash Energetik almashinuv va Fotosiztez 1. Yor | Biologiya Jasurbek blogi

#Masala_Ishlash

Energetik almashinuv va Fotosiztez

1. Yorug’lik energiyasi hisobiga sebarga o’simligi hujayrasida 1140 ta ATF sintezlangan bo’lsa, shu vaqtning o’zida aerob sharoitda sintezlangan ATF miqdorini aniqlang?
A) 38 B) 32 C) 30 D) 36

#Yechimi:
1) 1140/30=38 mol J: A

2. Dissimilatsiya jarayonida glukoza to’liqsiz va to’liq parchalanishi natijasida 10 molekula sut kislota va 30 molekula CO2 hosil bo’ldi. Ushbu jarayonda ajralib chiqqan energiya miqdorini (kj) aniqlang.
A) 7000 B) 200 C) 15000 D) 8000

#Yechimi:
1) 1 mol – 6 mol CO2
X =5 mol – 30 mol CO2
2) 5 mol glukoza to’liq parchalansa 5×2800 = 14000 kj
3) 1 mol – 2 mol (sut kis)
X = 5 mol – 10 mol
4) 5 mol chala parchalansa 5×200 = 1000 kj
5) 1000 + 14000 = 15000 J: C

3. Energetik almashinuv jarayonida 190 molekula ATF va umumiy 14175 kj energiya hosil bo’lgan bo’lsa, aerob bosqichidagi ATF da to’plangan energiya miqdorini (kj) aniqlang?
A) 5800 B) 7600 C) 7200 D) 13000

#Yechimi:
Jami 190 mol ATF bo’lsa aerob va anaerob bosqichda quyidagicha:
1) 38 mol – 36 mol
190 mol – X= 180 mol ATF
2) 36 mol – 2 mol
180 mol – X= 10 mol
3) 180 × 40 = 7200 kj J: C

4. Glukoza to’liqsiz va to’liq parchalanishidan 8800 kj energiya va 118 ta ATF hosil bo’ldi. Necha foiz glukoza to’liq parchalangan?
A) 60 B) 40 C) 30 D) 70

#Yechimi:
Glukoza to’liq parchalansa 2800 kj va 38 ATF hosil bo’ladi. Chala parchalanganda esa 2 mol ATF va 200 kj energiya chiqadi. Qancha glukoza borligi va ularning qanchasi chala va qanchasi to’liq parchalanganligi to’liq emas. Shulardan foydalanib tenglama tuzamiz.
1) 2800x + 200y = 8800kj
38x + 2y = 118
2) 2800x + 200 y = 8800
3800x + 200y = 11800
3) 1000x = 3000
4) X = 3
5) Y = (118-(38×3))/2=2y
Demak 3 mol glukoza to’liq, 2 moli chala parchalangan ekan. To’liq parchalangani:
3:5×100% = 60% J: A

Davomi bor.....

Bizning telegram kanallar:

@jasurbek_tayyorlov_kursi
@biologiya_kimyo_online_darslar
@biologiya_mega_ziyo

Biz sizga eng yaxshilarini ilinamiz