Get Mystery Box with random crypto!

#Jahon_yangiliklari Ilon Maskning boyligi 15 mlrd dollarga | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

#Jahon_yangiliklari

Ilon Maskning boyligi 15 mlrd dollarga kamayib, dunyodagi eng boy odam unvonidan mahrum boʻldi. 

22 fevral kuni Gruziya parlamenti Irakliy Garibashvili boshchiligidagi yangi hukumatni tasdiqladi.  

2020 yilda Germaniyaning Bundesverida (mamlakat qurolli kuchlari) 477 ta oʻng qanotli ekstremizm va irqchilik holatlari aniqlandi, bu 2019 yilga nisbatan 114 taga koʻpdir.

Myanmaning yirik shaharlarida minglab odamlar koʻchalarga chiqishdi. Mandalay shahrida namoyishchilarni tarqatish paytida kamida ikki kishi halok boʻldi va bir necha kishi yaralandi.

Bir guruh AQSH fuqarolari tomonidan Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi sudga daʼvo arizasi berildi. Bunga 2019 yil 6 dekabrda Saudiya Arabistoni askarining Floridadagi aviabazada otishma uyushtirgani sabab boʻldi. 

@Begimoff_blog