Get Mystery Box with random crypto!

#BILASIZMI Insoniyat tarixidagi yirik inqiloblardan biri 191 | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

#BILASIZMI

Insoniyat tarixidagi yirik inqiloblardan biri 1910 Porfirio Diaz diktaturasiga qarshi Meksikadagi inqilobdir. Unda mamlakat dehqonlarini birlashtirib, hozirda Meksikaning milliy qahramoniga aylangan Emiliano Zapata yetakchilik qilgan.

U 1879 yil 8 avgustda kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. Zapata Meksikadagi inqilob paytida “Ayala rejasi” deb nomlanuvchi katta yer mulkdorlariga toʻlovni bekor qilish hamda dehqonlarga yer ajratish kabi qarorlarni oʻz ichiga olgan agrar islohot loyihasini ishlab chiqadi.

1911 yil martda u Morelos shtatidagi qoʻzgʻolonga rahbarlik qildi, 1911 yilda Kuautla jangida qoʻshinlarga qoʻmondonlik qilgan. 1914 yil dekabr va 1915 yil iyulda Zapata Janubning ozodlik armiyasi otryadlari bilan birgalikda Meksika poytaxti Mexiko shahrini egallashdi.

Keng dehqonlar harakati sabab 1917 yildagi Meksika konstitutsiyasiga dehqonlar manfaatlarini aks etgan punktlar kiritildi.‌‌

Zapata 1919 yil 10 aprelda general Pablo Gonsalesning buyrugʻi bilan Xesus Guaxardo tomonidan oʻldirilgan.

@Begimoff_blog