Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'SOHIBQIRON' dramasidan 4-qism Mashhur shatr | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"SOHIBQIRON" dramasidan
4-qism
Mashhur shatranjchi Aloviddinni Amir Temurning qaysi nabirasi yengadi?
J: Ulug‘bek
Amir Temur Boyazidga qarshi urushda saltanatini kimga qoldiradi?
J: Bibixonim va nabirasi Muhammad Sultonga
Amir Temur kimni saltanat atalmish oltin uzukning buyuk bezagi – yoqut ko‘zi deb biladi?
J. Bibixonimni
Amir Temur Boyazidga qarshi urushda Samarqand hokimligini kimga qoldiradi?
J: Xo‘ja Yusufga
Amir Temur xotinini ichkilik ta’sirida nohaq kaltaklagani uchun qaysi o‘g‘lini zindonga tashlaydi?
J: Mironshohni
Ikkinchi sahna qanday yakunlangan?
J: Mironshohning zindonband qilinishi bilan
Mariya kim?
J: Boyazidning suyukli xotini
Boyazidga qarshi urushda Amir Temur qo‘shinining o‘ng qanotiga kim rahbarlik qiladi?
J: Mironshoh
Boyazidga qarshi urushda Amir Temur qo‘shinining chap qanotiga kim rahbarlik qiladi?
J: Shohrux
Boyazidga qarshi shiddatli jang ketayotganda Amir Temur o‘zining chodirda bemalol shatranj o‘ynab o‘tirishini qanday izohlaydi?
J: O‘zini go‘yo jangga beparvo ko‘rsatib, raqibini tahlikaga solmoqchi bo‘lgani bilan
Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin
Buzilgaydir o‘rmonning ham qonuniyati.
Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J: "Sohibqiron"
Sen yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq
Cho‘ng temirga urilding-u chilparchin bo‘lding.
Ushbu parchadagi "qudratli chaqmoq" va "cho‘ng temir" deganda kimlar nazarda turilgan?
J: Boyazid va Amir Temur
Men bir lang-u, Sen esa ko‘r, notavon so‘qir.
Ushbu parchadagi "lang" va "ko‘r, so‘qir" deganda kimlar nazarda turilgan?
J: Amir Temur va Boyazid
Iso, Muso, Mustafo, Sulaymon nomlari kimning o‘g‘illari sifatida tilga olinadi?
J: Boyazidning
Boyazidning qaysi o‘g‘lining asir olingani aytiladi?
J: Muso
Boyazidning g‘ayridin xotini sifatida kim tilga olinadi?
J: Mariya
Boyazidning Mariya ismli xotini kimga tortiq qilinadi?
J: Buqalamunga
Farang elchisi kim?
J: Ioan Sultoniy
Farang sultoni kim?
J: Qirol Sharl
Bovarlar o‘lkasining elchisi kim?
J: Shiltberger

BOSHQALARGA HAM ULASHING!
@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya