Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'SOHIBQIRON' dramasidan 3-qism 41. Chingizn | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"SOHIBQIRON" dramasidan
3-qism

41. Chingizning qonunlar to‘plami nima deb ataladi?
J: Yaso
42. Amir Temurning qonunlar to‘plami nima deb ataladi?
J: Tuzuk
43. Qaysi asarda "Suruv bitta bo‘lsa agar, cho‘ponlar soni qisqargaydir!" degan hikmat qo‘llangan?
J: "Sohibqiron"
44. Qaysi asarda "Urushlarni daf etishning yo‘li qonunlarga har kimning so‘zsiz rioya qilishidir" degan hikmat qo‘llangan?
J: "Sohibqiron"
45. Amir Temur tashlandiq yerni obod qilgan kishini necha yillik soliqdan ozod qiladi?
J: 3 yillik
46. Ibn Arabshohning asli qayerlik ekani aytilgan?
J: Shomlik
47. Olampanoh,
Yosh bolalik chog‘imda meni
Samarqandga asir qilib olib kelganlar.
Ilmu urfon Makkasidir bu kun Samarqand.
Yetti iqlim me’morlari, muhandislari
Siz tufayli jam bo‘lmishlar ushbu shaharda.
Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
J: Ibn Arabshoh
48. Qaysi qahramon o‘zining vos-vos kasaliga yo‘liqqani haqida Amir Temurga so‘zlaydi?
J: Ibn Arabshoh
49. Harb ilmining poydevorin qo‘ygansiz, hazrat,
Alal-abad bu istehkom qo‘zg‘almas sira.
Qo‘shinlarning saflariga Siz bergan tartib
Shoirlarning misrasidan ko‘ra quymaroq.
Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
J: Barlos Bahodir
50. Amir Temur qaysi nabirasiga otasining ismini qo‘ygan?
J: Ulug‘bekka (Tarag‘ay)
51. Amir Temur qaysi vazirini otboqar vazifasiga tayinlaydi?
J: Muhammad Qovchinni
52. Amir Temur qaysi vazirining zarbof to‘nini otboqarga sovg‘a qiladi?
J: Muhammad Qovchinni
53. O‘z ismining ma’nosini bilmaydigan chopar kim?
J: Borchiq
54. Sarandibdan chopar bo‘lib kim keladi?
J: Borchiq
55. Amir Temur chopar Borchiq bilan nega gaplashmaydi?
J: O‘z ismining ma’nosini bilmagani uchun
56. Boyaziddan elchi bo‘lib kim keladi?
J: Sulton Shabli
57. Boyazid Amir Temurga maktubida kimning nomini oltin bilan yozdiradi?
J: O‘z ismini
58. Boyazid Amir Temurga maktubida kimning nomini oddiy siyohda yozdiradi?
J: Amir Temurning
59. Urush bilan hal bo‘lajak bu mojarolar.
Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur,
Bilib qo‘yki, xotinlaring uch taloq bo‘lgay.
Agar seni yenga olmay chekinsam ortga
Unda mening xotinlarim bo‘lsin uch taloq.
Ushbu parcha kim tilidan aytilgan?
J: Boyazid
60. Amir Temur o‘zining xufyalari orasida eng epchili deb kimni biladi?
J: Buqalamunni

BOSHQALARGA HAM ULASHING!
@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya