Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'Ulug'bek xazinasi' romanidan .Asr namozi u | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"Ulug'bek xazinasi" romanidan

.Asr namozi uchun toʻxtashgan paytda,tamaddiga yolgʻiz kimni chaqiradi?
Javob: Shayxulislom Burhoniddin
.Qirqlarga borgan,soch-soqoliga bitta ham oq oralamagan,koʻrinishidan nimjon boʻlsa ham, iqtidorli odam;padari buzrukvori Isomiddinday dono boʻlmasa ham,Ulugʻbekni shayxlarning fisq-u fasodlaridan muhofaza qiladigan?
Javob: Shayxulislom Burhoniddin
.As-salotin zillaloxu fil arz birikmasining tarjimasi?
Javob:Sultonlar Ollohning yerdagi koʻlankasi
.Amir Temur pirim deb qoʻl bergan Sayid Baraka qaysi jangda tosh olib,takbir sadosini oʻqib na'ra tortib,gʻalaba qozonishga yordam beradi?
Javob:Toʻxtamishxon bilan boʻlgan jangda
.Ulugʻbek kimni ahvolni bilish uchun joʻnatgan edi va qaytib kelganida yalangbosh,poygakda yumalab yotar edi?
Javob:Sulton Jondor
.Kimning yuzi toshdan oʻyib yasalganga oʻxshar edi?
Javob: Ulugʻbek
.Andulatifning lashkari qancha edi?
Javob:40mingdab ortiq
.Ulugʻbek yulduzlarga necha yil oshifta boʻldi?
Javob:50 yil
.Amir Temur qaysi yulduzlar bir-biriga yaqin kelganida tugʻilgan?
Javob:Zuhro va Mushtariy
.Dorussaltana dorugʻasi hisoblanmish,60lardan oshgan,yon,norgʻul odam?
Javob: Mironshoh
.Samarqand qozisi?
Javob:Xoʻja Miskin
.Qalandarboshi hisoblanimish,gʻilay darveshning laqabi?
Javob:"Qashqir"
.Qalandar Qarnaqiy ilk sheʼrlarini qayerda bitgan va kim sabab?
Javob:Mutolaa xonasida;Xurshida bonu
.Qarnaqiy va Xurshida bonu qayerda uchrashadilar?
Javob: Muhriddining bogʻida keksa yongʻoq tagida
.Ustodini ranjitmoq,oʻz padarini ranjitmoq bilan barobarligi kimning xayolidan oʻtadi?
Javob: Qalandar Qarnoqiy
."Bilmaysan"radifli bayti kim tomonidan bitilgan?
Javob: Xurshida bonu
.Dunyo mening deganlar…
Ushbu bayt kimning tilidan aytiladi?
Javob: Qalandar Qarnaqiy
.Innaolloho maassobirin soʻzining maʼnosi?
Javob:Olloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.(Xomush tilidan)
.Mullo,mufti boʻlganlar,nohaq da'vo qilganlar…
Ushbu bayt kimning tilidan aytiladi?
Javob: Qalandar Qarnaqiy
.Qarnaqiyning piri kim edi?
Javob: Bahovuddin Naqshband

BOSHQALARGA HAM ULASHING!

@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya