Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'Ulug'bek xazinasi' romanidan .Baroqxonga q | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"Ulug'bek xazinasi" romanidan

.Baroqxonga qarshi boʻlgan janglarda mislsiz jasorat koʻrsatgan?
Javob:Qarnoqiy
.Muhiddining qizi kim va Inha kimning ishqi tushdi?
Javob:Xurshida bonuga Qarnaqiyning
.Kim shoirni nevarasiga nomunosib topdi?
Javob:Xoʻja Salohiddin zargar
.Qoʻli boʻsh kunlari rastalarga kelib, ustalarning ishiga razm solib,suhbatlashishni yoqtiradigan shaxs?
Javob:Ali Qushchi
.Boshida toʻq havorang ipak roʻmol,egnida toʻpigʻiga tushgan havorang shoyi koʻylak,kobuliy kavush,ohuning koʻzlariday katta kiprik koʻz?
Javob:Xurshida bonu
.Kimning ovozi ham chehrasiday muloyim va xiyol mayus edi?
Javob: Xurshida bonu
.45 yoshlar chamasidagi, qosh-koʻzlari qizinikiday qop-qora,oq-sariqdan kelgan,nozikkina,boʻychan bir odam?
Javob:Mavlono Muhiddin
.Ulugʻbek qaysi shogirdini juda suyar edi va shu sababli yoshligiga qaramay mudarrislikka koʻtarib,katta nafaqa tayin qilgan?
Javob:Mavlono Muhiddin
.Salohiddin zargar oʻgʻining orqasidan qanday nomga sazovor boʻldi va qaysi soliqdan ozod boʻldi?
Javob:"Tarxon" nomi;tamgʻa soligʻidan
.Yetmishga borgan bu cholning qaddi-qomati, uzunchoq oppoq yuzi,hatto kiyinishidan qandaydir pinhoniy bir goʻzallik bor,oʻziyam mushtdekkina boʻlsa-da,zuvalasi pishiq.Ta'rif kim haqida?
Javob: Salohiddin zargar
.Ustodning non-tuzini unutgan shogird koʻr boʻlur.Ushbu fikr kimning tilidan aytiladi?
Javob:Ali Qushchi
.Payʼambar alayhissalom qayerni makruh deb bilganlar?
Javob:Haramxona
.Qari tulki?
Javob: Salohiddin zargar
.Arabiy oq bedov ot Ulugʻbekka kim tomonidan hadya etilgan?
Javob:Bagʻdod xalifasi
.Hind podshosining ovdagi voqeasi,ya'ni burgutining oʻz oʻgʻliga aylanib,koʻzini choʻqqishi qaysi asarda keltirilgan?
Javob:"Ulugʻbek xazinasi"
.Ulugʻbek necha yoshida Mavoraunnahr taxtiga oʻtiradi?
Javob:14
.Ulugʻbek chorak asr avval koʻrgan tushida,qayerda edi va unga kim koʻringan edi?
Javob: Yassaviy maqbarasida;nosuyukli xotini Ogʻabegim
.Egnida qora movut chakmon,boshida uchi nayzasimon mis dubulgʻa,belidagi kamarida oltin sopli qilich.Ushbu ta'rif kim haqida?
Javob:Amir Temur
.Amir Temur ham,Ulugʻbek ham qaysi shaharga mehr qoʻyishgan?
Javob:Kesh
.Keshdagi odam kirsa,adashib qoladigan bogʻ?
Javob:"Bog'i bihisht"

BOSHQALARGA HAM ULASHING!

@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya