Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda 6 oyda qancha elektromobil import qilingani ma’l | Avto olam

O‘zbekistonda 6 oyda qancha elektromobil import qilingani ma’lum bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati $34.100.000 ga teng bo‘lgan 1.125 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.

2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

Xitoy – 983 ta;

BAA – 73 ta;

Germaniya – 27 ta;

Gonkong – 25 ta;

Koreya – 6 ta;

Litva – 6 ta;

Estoniya – 2 ta.

@Avtoo_Olam