Get Mystery Box with random crypto!

UzAuto Motors Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqa | Avto olam

UzAuto Motors Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.

2022-yilning 18-iyulida UzAuto Motors AJ Asaka shahridagi zavodida Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi rahbarining topshirig‘iga binoan kompaniyaning boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o‘zgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish amalga oshirildi. Ushbu bosqichda platformaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 000 dona Chevrolet Tracker avtomobilini tashkil etadi.

Bundan tashqari, UzAuto Motors Powertrain zavodida Chevrolet Tracker avtomobillarini jihozlashda foydalaniladigan zamonaviy va tejamkor 1,2 hajmli, uch silindrli CSS Prime turbodvigatellarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yangi dvigatel Xitoydan olib kelinadigan 125 ot kuchiga ega Tracker avtomobillari dvigatelidan kuchliroqdir. Yangi Tracker quvvati 132 ot kuchiga ega.

@Avtoo_Olam