Get Mystery Box with random crypto!

BUGUN ATЕSTATSIYAGA KIRADIGAN BOSHLANG‘ICH USTOZLARIGA Alloh | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

BUGUN ATЕSTATSIYAGA KIRADIGAN BOSHLANG‘ICH USTOZLARIGA

Alloh deya tongda turgan,
Joynamozni yuzga surgan,
Bugun malaka testga kirgan,
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Omadingiz kulib tursin,
Yurak dadil urib tursin,
Tol’eingiz kulib tursin,
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Chiqmasinda sira esdan,
Bahoyingiz bo‘lsin,,Beshdan",
Ellik uring ellik testdan,
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Jamlab fikr-u,xayollarni,
Yechib tashlang savollarni,
Qabul aylang salomlarni,
Omad boshlang‘ich  ustozlari.

Alloh aziz qilsa illo,
Xor qilolmas hech bir mullo,
Topganingiz bo‘lsin tillo,
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Barchamiz Haq tarafdamiz,
Maktab-hayot,dars-sahnamiz,
Bir kemada,bir safdamiz,
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Zo‘r bo‘ladi haqlik bo‘lsa,
Kayfiyat hush,chog‘lik bo‘lsa,
Bari testga bog‘lik bo‘lsa,
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Uzilmasin hech oqibat,
Do‘st qadrdon bo‘lib har vaqt,
Sizdan keyin bizga navbat,
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Hech bo‘lmasin ko‘ngil yarim,
Kuyib ketsin yov va g‘anim,
Duodadir Xurshid Karim
Omad boshlang‘ich ustozlari.

Muallif: Xurshid Karim
t.me/Xurshid_Karim

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Barchaga ulashing. Tushgan testlarni tezkor berib boruvchi kanalga azo bo‘ling @AttestatUz