Get Mystery Box with random crypto!

ATTESTATSIYADAN SO‘NG (hazil) @AttestatUz Maqtovlarg | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

ATTESTATSIYADAN SO‘NG
(hazil) @AttestatUz

Maqtovlarga berilib,
Ketsam kerak semirib,
Dars o‘tyapman kerilib,
Darslarim ham boshqacha.

Xursand juft-u, halolim,
Chopdi baxt-u, kamolim,
,, UZASPOda xayolim,
Xayollarim boshqacha.

Zahmat chekdi bedor jon,
O‘tish emasda oson,
Bizga,, Mukofot qachon ???.
Savollarim boshqacha.

Dildan ketdi qayg‘u,g‘am,
Miya ham olmoqda dam,
Kulvoryapman salga ham,
Kulishlarim boshqacha.

Gap ko‘p ekan omadda,
Baxt ilm saodatda,
Bu hazilda albatta,
Hazillarim boshqacha,

Tayyormiz taʼlim uchun,
Bir yozdim ko‘ngil uchun,
Bu sheʼrim o‘zim uchun,
Sheʼrlarim ham boshqacha.

Xurshid Karim

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring