Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 12-i | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 12-iyun kuni e’lon qilinadi

Ma’lumki, 2023-yil 14-may kuni ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Hozirga qadar talabgorlarning yopiq va ochiq turdagi (1 dan 44 gacha) test topshiriqlari bo‘yicha natijalari to‘liq hisoblab bo‘lingan.

Yozma ishlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, har bir talabgorning yozma ishi kamida 2 nafar, ayrim holatlarda esa 3 nafar ekspert tomonidan tekshiriladi.

Yozma ishlar soni ko‘p ekanligi va yozma ishlari tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lgani sababli yozma ishlarini tekshirish jarayoni to‘liq yakunlanmagan.

Yozma ishlarni tekshirish 12-iyun kuniga qadar to‘liq yakunlanadi va shu kunning o‘zida talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring