Get Mystery Box with random crypto!

O‘quvchilaringizga yuborib qo‘ying: Shu yildan maktabda olinga | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

O‘quvchilaringizga yuborib qo‘ying: Shu yildan maktabda olingan yakuniy baholar kirish imtihonlarida hisobga olinadi

Hukumat qarori bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Ushbu tartib 2022/2023-yil o‘quv yilidan qo‘llaniladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring