Get Mystery Box with random crypto!

Sinf rahbarlari bilib olishi kerak Oʻquvchilarning shaxsiy yi | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Sinf rahbarlari bilib olishi kerak

Oʻquvchilarning shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari oʻquvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi. Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

1. Maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;

2. O‘quvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;

3. Ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;

4. Tibbiy maʼlumotnoma;

5. Baholar tabeli (10-11-sinf oʻquvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma).

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har oʻquv yili boshida xatlovdan oʻtkaziladi.

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jild hujjatlari oʻquvchi maktabni tamomlaganidan soʻng 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring