Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya va ishga qabul qilish tizimida bir qator o'zgaris | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Attestatsiya va ishga qabul qilish tizimida bir qator o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda

Ushbu hujjatga (to'liq variantini hali topmadim) ishonadigan bolsak, keyingi attestatsiya 2024-yil bahorda o'tkaziladi. Oldingidek yilda ikki marta emas, yilda bir marta tashkil qilinadi.
2023-yilda navbati kelganlarga moratoriy joriy qilinadi, ya'ni kechiktiriladi va toifasi o'sha vaqt davomida saqlanadi.
2024-2025-o'quv yilidan kasbiy sertifikatlash joriy etiladi. (Menimcha alohida sertifikat emas, B2 sertifikat talab qilinishi nazarda tutilyapti) va yangi ishga kiradigan o'quvchilar stajor (amaliyotchi) -o'qituvchi sifatida ishga qabul qilinadi va bir yil ichida sertifikatga ega bo'lishi talab qilinadi. Oylik esa mutaxassis o'qituvchiga to'langani kabi stavkada to'lanaveradi.
Oliy va 1-toifa egalari oyligi mos ravishda 30 va 50 foizga oshiriladi.
Hozircha asosiy yangilik shular. Manba

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring