Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat e'lon Oflayn va onlayn to'garaklarni boshlaymiz! Aslida | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Diqqat e'lon
Oflayn va onlayn to'garaklarni boshlaymiz!
Aslida shu to'garaklarga maktab o'qituvchilarini ham taklif qilgan bo’lardik.

Ko'pchilikni taklifiga ko'ra viloyat olimpiadasiga tayyorlanishni ham boshlaymiz:
to'garaklar onlayn va oflayn tarzda o'tkaziladi.

Xalqaro olimpiadalar uchun:

A-guruh: 8-11 sinflar
B-guruh: 7-9-sinflar
C-guruh: 6-7-sinflar
D-guruh: asosan 5-sinflar

Yuqoridagi guruhlarga bolaning bilimiga qarab ajratiladi sinfiga emas. Ya'ni 7-sinf bola qobiliyati yetsa A-guruhda o'qishi mumkin.

Eng muhimi: 7-8-sinflarga A-guruhda nima bor deysizmi?! Biz shu yil aynan 7-8-sinflardan alohida terma jamoa qilib Jautikovga olib borishni rejalashtirayapmiz. Jautikovda medal olgan 7-8-sinf o'quvchisi esa XMOga saralashda ishtirok etoladi!

O'quv dasturi:

A-guruh uchun:
i) Ivan Frolov tomonidan tayyorlangan maxsus dastur;
ii) Evan Chen (OTIS);
Evan Chen Amerika terma jamoasining asosiy treneri
iii) Chelnokov Grigorii Rivenovich

Qolgan guruhlarga:
Ivan Frolov tomonidan tayyorlangan maxsus dastur;

Trenerlar jamoasi
:
XMOning sobiq qatnashchilari.

Barcha mavzular o'quv darsliklaridan tashqari!

Bu olimpiada, OTMga tayyorlanish emas. Shunday ekan, barchaga sinov muddati beriladi. Kimki o'rgatilganlarni o'zlashtirolmasa, biz siz bilan xayrlashamiz!

Kimlar to'garakka qatnasholadi:
Ko'pchilik Qorako'l olimpiadasining birinchi bosqichida qatnasholmaganini hisobga olib, barcha xohlovchilarga bir oy sinov muddati bilan to'garakka qatnashishga imkoniyat beriladi.

Ro'yxatdan o'tish
Quyidagi formani to'ldirib ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/cr9ZvyPtWKtUxZRBA

Barcha to'garaklar pullik!

@Qorakololimpiadasi