Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat e'lon Oflayn va onlayn to'garaklarni boshlaymiz! Aslida | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Diqqat e'lon
Oflayn va onlayn to'garaklarni boshlaymiz!
Aslida shu to'garaklarga maktab o'qituvchilarini ham taklif qilgan bo'lardik!!

Iye ikkinchi bosqich o'tmadiku?! O'zingiz tayyorlab o'zingiz olimpiada olasizmi?! Tanish-bilishchilik bo'lmaydimi?!
Yo'q bunga yo'l qo'ymaymiz.
Tayyorlanishni hozir boshlamasak, xalqaro olimpiadalarga ulgurmaymiz!

Ko'pchilikni taklifiga ko'ra viloyat olimpiadasiga tayyorlanishni ham boshlaymiz:
to'garaklar onlayn va oflayn tarzda o'tkaziladi.

Xalqaro olimpiadalar uchun:

A-guruh: 8-11 sinflar
B-guruh: 7-9-sinflar
C-guruh: 6-7-sinflar
D-guruh: asosan 5-sinflar

Yuqoridagi guruhlarga bolaning bilimiga qarab ajratiladi sinfiga emas. Ya'ni 7-sinf bola qobiliyati yetsa A-guruhda o'qishi mumkin.

Eng muhimi: 7-8-sinflarga A-guruhda nima bor deysizmi?! Biz shu yil aynan 7-8-sinflardan alohida terma jamoa qilib Jautikovga olib borishni rejalashtirayapmiz. Jautikovda medal olgan 7-8-sinf o'quvchisi esa XMOga saralashda ishtirok etoladi!

O'quv dasturi:

A-guruh uchun:
i) Ivan Frolov tomonidan tayyorlangan maxsus dastur;
ii) Evan Chen (OTIS);
Evan Chen Amerikalik emasku deb yozmanglar. Shunchaki, Evan Chen Amerika terma jamoasining asosiy treneri
iii) Chelnokov Grigorii Rivenovich

Qolgan guruhlarga:
Ivan Frolov tomonidan tayyorlangan maxsus dastur;

Trenerlar jamoasi
: Ular haqida alohida yozaman. Ularning har biri o'z ishining ustasi.

Barcha mavzular o'quv darsliklaridan tashqari!

Bu olimpiada, OTMga tayyorlanish emas. Shunday ekan, barchaga sinov muddati beriladi. Kimki o'rgatilganlarni o'zlashtirolmasa, biz siz bilan xayrlashamiz!

Kimlar to'garakka qatnasholadi:
Ko'pchilik Qorako'l olimpiadasining birinchi bosqichida qatnasholmaganini hisobga olib, barcha xohlovchilarga bir oy sinov muddati bilan to'g'arakka qatnashishga imkoniyat beriladi.

Ro'yxatdan o'tish
Quyidagi formani to'ldirib ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/cr9ZvyPtWKtUxZRBA

Barcha to'garaklar pullik!

@Qorakololimpiadasi