Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagogl | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar 10-oktyabrgacha to‘lov qilishlari mumkin!

Xabaringiz bor, 2022-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiya uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktyabrgacha davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglarning baʼzilari to‘lov qilishga ulgurmay qolishgani bo‘yicha inspeksiyaga murojaat qilishgan.

O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati 10-oktyabrgacha uzaytirilganligini maʼlum qilamiz.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang