Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi vazirligi 572-sonli Attestatsiya nizomiga kiritil | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Xalq ta'limi vazirligi 572-sonli Attestatsiya nizomiga kiritilgan o'zgartirish bo'yicha hududiy boshqarmalarga ko'rsatma xati yubordi

Ushbu xatga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli Qarori bilan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizomga kiritilgan o'zgarishlar 2022-yil 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo'lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo'lganlik davri muhim emas) bo'lgan pedagoglarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Shuningdek, magistrlik darajasiga ega pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar ikkinchi malaka toifasi bo'yicha tarifikatsiyadan o'tkazish va to'lovlarni belgilash to'g'risida ham ko'rsatma berilgan.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang