Get Mystery Box with random crypto!

𝓐𝓼𝓱𝓲𝓺𝓾𝓵 𝓚𝓾𝓽𝓽𝓸𝓫 💜

Telegram kanalining logotibi ashiqulkuttob — 𝓐𝓼𝓱𝓲𝓺𝓾𝓵 𝓚𝓾𝓽𝓽𝓸𝓫 💜 𝓐
Telegram kanalining logotibi ashiqulkuttob — 𝓐𝓼𝓱𝓲𝓺𝓾𝓵 𝓚𝓾𝓽𝓽𝓸𝓫 💜
Kanal manzili: @ashiqulkuttob
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37
Kanalning ta’rifi

Для любителей книг 📚
Для вопросов : @Moychechak1im_bot
Аллах наказал меня людьми, когда я отошла от чтения.
• Марван Рифаи
Книга, которая не меняет меня после прочтения, это не книга...)

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-21 09:00:20 #kun_iqtibosi
Eng baxtli insonlar hamma narsaning eng yaxshisini qo'lga kiritganlar emas. Balki hamma narsaning lazzatini, qadrini va ta'mini bilganlardir...

Said Chamlija
Iymon va huzun
99 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-07-21 08:58:45 Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuh
Bismillah
#iymon_va_huzun
7. Hayot qahvaga o'xshaydi
Bir guruh talabalar universitetda dars bergan professor ustozlarini ko'rishga borishdi. Ular ish va hayotdagi ruhiy ziqliklar haqida gaplashishdi. So'ng professor qahva bilan siylash uchun stol ustiga turli xil finjonlarni olib keldi. Talabalar darrov finjon tanlashga tushib ketishdi.
Professor shundan so'ng talabalarga quyidagi so'zlarni aytdi:
- Bir narsani sezdingizmi? Qimmatbaho, chiroyli finjonlar tanlandi. Oddiy, arzon finjonlarni hech kim olmaydi. O'zingizga doim eng yaxshisini ravo ko'rishingiz aniq. Esingizda bo'lsin, faqatgina finjonning o'zi qahvaga hech qanday ta'm bermaydi.
Hayot ham qahvaga o'xshaydi. Ish, pul, jamiyatdagi o'rningiz esa finjon misoli. Ular shunchaki yashash uchun kurash qurollari. Siz tanlagan finjon qahva sifatini belgilamaganidek, yashash uchun qurolingiz ham hayotingizni o'zgartirolmaydi...
Faqat finjonga o'ralashin Alloh tortiq qilgan qahvaning lazzatidan bebahra qolmang. Qahvani yayrab iching !
96 views05:58
Ochish/sharhlash
2022-07-19 13:15:05
#iymon_va_huzun
6. Bu yer dunyo, bunda rohat yo'q!
#photo_by_me
121 views10:15
Ochish/sharhlash
2022-07-19 13:06:45 #iymon_va_huzun
5. Halovatni qayerdan topish mumkin.
Haqiqatdan ham halovatni qayerdan topish mumkin?! Halovat bu baxtli oila davrasida, seni sevganlar orasida bo'lish, aslida. Ayrimlar halovatni boshqa joylardan izlab topishmoqchi bo'lishadi, afsuski. Ularning nazdida halovat nima ekan-a, deb qiziqib qolaman negadir. Chunki qanday qilib halovatni o'zga yurtlardan, oilasidan, mehribonlaridan olisda topish mumkin.
Xoh Onado'lida, xoh Hindistonda, xoh slavyam tuproqlari, xoh Afrikaning boshi-yi oxiri yo'q sahrolarida bo'lsangiz-da... halovatni izlab yo'lga chiqsangiz topolmaysiz. Lekin haqiqatni izlab yo'lga chiqsangiz, balki uning halovati sizni topishi mumkin.(muallifdan)
119 views10:06
Ochish/sharhlash
2022-07-19 12:50:48 Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuh
Bismillah
#iymon_va_huzun
"Baxt nima? " hikoya
"Jannat" & "Jahannam"
Ehtiyojmand oilaning farzandiga poyabzal olib berish - baxt.
Bemor ziyoratiga borib "Alloh shifo bersin!" deyish - baxt.
Transportda yoshi keksaga joy berib duo olish - baxt.
Og'ir kunida do'stining yonida bo'lish - baxt.
Ikkita non bilan yaqinlar holidan xabar olish - baxt.
Hamkasblaringizni shirinlik bilan siylash - baxt.
Baxtli, quvonchli ishlarning sanog'i yo'q.
Said Chamlija
"Iymon va huzun "
115 viewsedited  09:50
Ochish/sharhlash
2022-07-18 20:15:24 Fi Amanillah
114 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-07-18 10:13:48
#photo_by_me
143 views07:13
Ochish/sharhlash
2022-07-18 10:04:10 #kun_iqtibosi
Yer yuzida baxtli va halovatli yashashni istaganlar Yaratgan bilan munosabatlarini mustahkam qurishlari kerak. Osmon bilan munosabatlarini mustahkamlaydigan yoki umuman hech qanday aloqasi bo'lmaganlarga yer yuzi tor keladi.)

Said Chamlija
Iymon va huzun
136 viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2022-07-18 09:54:44 #iymon_va_huzun
3. Xom edim yondim, yetildim.
Nimagadir erishish uchun nimadandir kechish kerak... Hayotimiz davomida do'st yoki sevikli yor tanlashda xatoga yo'l qo'yishimiz mumkin, ammo bu degani qayta do'stlashmayman degani emas. Do'stidan xiyonat ko'rgan odamning do'stlik haqidagi xulosasi xiyonat ko'rmaganlardan ko'ra tubdan farq qiladi. Xuddiki, zilziladan keyin qurilgan binolar zilziladan oldin qurilgan binolardan mustahkam bo'lgani kabi.
Iqtiboslar: Hech kimga toqatidan tashqari yuk yuklanmaydi, Har mashaqqat bilan, albatta, bir osonlik bor.
Yusuf Islom ( Car Stevens) - birgina fotiha surasini o'qib mashhurlikdan kechib islomni qabul qilgan ingliz qo'shiqchisi. U bir martagina o'qib shu holatga tushgan ekan, ammo kuniga qirq bora Fotiha surasini o'qiganlar hech narsani his qilmasa, demak, qandaydir muammo bor .

4. Zamonaviy psixologiyaning ahvoli.
Ayni zamonda Sichqon uchun pishloq topish baxt hisoblanganidek, g'arb uchun pul topish baxt hisoblanadi. Ammo pul ularni hanuzgacha baxtli qilmayapti. Pul insonni baxtli qilganida ularning har birining shaxsiy psixologi bo'lmasdi.
Insoniy fazilatlarinu yo'qotgan, farzandli bo'lishdan ko'ra kuchuk boqishni afzal ko'rgan kimsalar sonini ozaytirish uchun qancha harakat qilinmoqda, afsuski, natija bo'lmayapti. Demak, faqat psixologiyaning o'zi bilan ish bitmas ekan-da?!

(Davomi bor)
118 viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2022-07-18 07:47:06 Assalamu alaykum va rohmatullohu ba barokatuh
Masha'Allah biz 6 kishi bo'lsak ham 30 dan ortiq axiylarim, uxtiylarim kuzatishmoqda ekan, Alhamdulillah. Ayniqsa reaksiyalar ko'zimni quvnatmoqda
115 views04:47
Ochish/sharhlash