Get Mystery Box with random crypto!

Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuh Bismillah #iymo | 𝓐𝓼𝓱𝓲𝓺𝓾𝓵 𝓚𝓾𝓽𝓽𝓸𝓫 💜

Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuh
Bismillah
#iymon_va_huzun
7. Hayot qahvaga o'xshaydi
Bir guruh talabalar universitetda dars bergan professor ustozlarini ko'rishga borishdi. Ular ish va hayotdagi ruhiy ziqliklar haqida gaplashishdi. So'ng professor qahva bilan siylash uchun stol ustiga turli xil finjonlarni olib keldi. Talabalar darrov finjon tanlashga tushib ketishdi.
Professor shundan so'ng talabalarga quyidagi so'zlarni aytdi:
- Bir narsani sezdingizmi? Qimmatbaho, chiroyli finjonlar tanlandi. Oddiy, arzon finjonlarni hech kim olmaydi. O'zingizga doim eng yaxshisini ravo ko'rishingiz aniq. Esingizda bo'lsin, faqatgina finjonning o'zi qahvaga hech qanday ta'm bermaydi.
Hayot ham qahvaga o'xshaydi. Ish, pul, jamiyatdagi o'rningiz esa finjon misoli. Ular shunchaki yashash uchun kurash qurollari. Siz tanlagan finjon qahva sifatini belgilamaganidek, yashash uchun qurolingiz ham hayotingizni o'zgartirolmaydi...
Faqat finjonga o'ralashin Alloh tortiq qilgan qahvaning lazzatidan bebahra qolmang. Qahvani yayrab iching !