Get Mystery Box with random crypto!

#shunchaki 'Nimam yoqadi senga?' Shu savolni nechanchi marta | 𝘈𝘳𝘮𝘰𝘯𝘭𝘪 𝘴𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳

#shunchaki

"Nimam yoqadi senga?"
Shu savolni nechanchi martadir takror berishing. Lekin biron marta javob bermaganman. Bu safar ham savoling javobsiz qoldi... Yana sen "Nimalarni oʻylayapsan?" deya soʻraysan. Ehtimol senga oʻychan va gʻamchil boʻlib koʻrinarman. Ammo sening yoningda ekanman, meni hamma oʻy-xayollar tark etadi. Butun tashvishim yoʻqlikka chiqadi. Hayot biz oʻylaganchalik murakkab emasdek tuyuladi. Goʻyo baxtning manzili bir qadam narida!.. Shunday paytlarda xayolim faqat sening yoding bilan band boʻladi. Tamom. Boshqa hech qaysi fikr menga yaqin yoʻlamaydi. Bor yoʻgʻi shu.

Nurafshona

https://t.me/joinchat/AAAAAEoKhdG6IZDSZtgQlw